Umumiy daromad va talabning narx elastikligi




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
Umumiy daromad va talabning narx elastikligi 
 
Bozordagi talab va taklif oʻzgarishlarini oʻrganayotganda, biz 
oʻrganishni xohlaydigan bir oʻzgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar 
uchun xaridor toʻlagan va sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda 


54 
umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni tovarning narxi (P) koʻpaygan 
sotilgan tovar miqdori (Q). Buni biz grafikda koʻrishimiz mumkin. 
Talab egri chizigʻi ostidagi toʻrtburchakning balandligi P, eni esa Q. 
Toʻrtburchakning yuzi P x Q ushbu bozordagi umumiy daromadga teng. 
2-chizmada P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$. 
Talab egri chizigʻi boʻylab narx yoki miqdor koʻchsa, umumiy 
daromad qanday oʻzgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bogʻliq. 
Agar talab noelastik boʻlsa (3-chizma, (a) qism), narxning oshishi 
umumiy daromadning oshishiga sabab boʻladi. Bu yerda narxning 1$ 
dan 3$ga koʻtarilishi talab miqdorini 100 dan 80 ga tushushiga sabab 
boʻladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. Narxning 
oshishi P x Q ni ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish P 
narxdagi oʻsishga nisbatan kichikroq boʻladi. 
Agar talab elastik boʻlsa biz qarama-qarshi natijaga erishamiz: 
narxning koʻtarilishi umumiy daromadning kamayishiga sabab boʻladi. 
Masalan, 3-chizmadagi (b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab 
miqdori 50 dan 20 ga tushgan, demak umumiy daromad 200$ dan 100$ 
ga tushgan. Chunki talab elastik, talab miqdori narxga nisbatan koʻproq 
oʻzgargan.
Bu chizmadagi misollar ekstremal boʻlishiga qaramasda, ular bir 
necha umumiy qoidalarni ifodalydi:

Talab noelastik boʻlganda (narx elastikligi 1 dan kichik), narx 
va umumiy daromad bir xil yoʻnalishda harakatlanadi. 

Talab elastik boʻlganda (narx elastikligi 1 dan katta), narx va 
daromad qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi. 

Agar narx elastikligi aniq 1 ga teng boʻlsa, narx oʻzgarganda 
umumiy daromad oʻzgarishsiz qoladi. 


55 

Download 7,53 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy daromad va talabning narx elastikligi

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish