53
Surʼat oʻrta nuqta metodi orqali
hisoblangan miqdordagi foiz
oʻzgarish. Mahraj oʻrta nuqta orqali hisoblangan narxda foiz oʻzgarishi.
Agar sizga elastiklikni hisoblash shart boʻlsa,
bu formuladan
foydalanishingiz kerak.
Bu kitobda, biz kamdan – kam bu kabi hisoblashlarni koʻrsatamiz.
Bizning maqsadimizning asosiylaridan
biri elastiklik qanday
ifodalanishidan koʻra nimani ifodalashi muhimroq.
Talab egri chiziqlarining oʻzgarishi
Iqtisodchilar talab egri chiziqlarini ularning
elastikligiga qarab
guruhlarga ajratishgan. Elastiklik 1 dan katta boʻlsa, talab
elastik
hisoblanadi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan koʻproq suriladi.
Elastiklik 1 dan kichik boʻlganda, talab
noelastik boʻladi, ya’ni talab
miqdori narxga nisbatan kamroq suriladi. Agar elastiklik aniq 1 ga teng
boʻlsa, narx va miqdor bir
nisbatda suriladi va bu talab birga teng
elastiklik deyiladi.
1-chizmada beshta holat koʻrsatilgan. 0 elastikka ega boʻlgan
ekstremal holatda ((a) panelda), talab batamom
noelastik va talab egri
chizigʻi vertikal. Bu holatda, narxdan qat’iy nazar, talab bir xil boʻladi.
Elastiklik oshgan sayin, talab egri chizigʻi yassi boʻlib boraveradi: ((b),
(c) va (d) qism). Natijada, talab butunlay elastik boʻladi: ((e) panel). Bu
talabning narx elastikligi cheksizlikka intilgan sayin sodir boʻladi va
talab egri chizigʻi
gorizontal holatga keladi, narxdagi kichik oʻzgarish
talab miqdorining keskin oʻzgarishiga olib keladi.