Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)
#1, Azambek Kurs ishi, dogdyrbay AUES, Animasiya effektlari. Taqdimot namoyishini boshqarish-fayllar.org, 7, Underground railways , 100 ichida sonlarni ayirish, 823 @uqituvchiga hujjat, 3-Mavzu Fanning turlari Kompyuter grafikasining turlari, uning , MUSULMONOVA NAZIRA, Reja Kirish Fiskal siyosat tushunchasi, uning maqsadlari va vosi, Bekmirzaeva L, ИШПРВС, Mustaqil ish
 
1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot 
 
Mikroiqtisodiyot fani firma va uy xoʻjaliklarining qarorlarini va 
ularning maxsus bozorlardagi oʻzaro aloqalarini, firma va uy 
xoʻjaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilishi va ularning bozordagi 
oʻzaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik ularning 
xatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham oʻrganadi.
Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham bogʻliqdir, 
chunki, butun dunyoda sodir boʻlayotgan iqtisodiy oʻzgarishlar oʻsha 
alohida 
individual 
subyektlarning 
iqtisodiy 
munosabatlarining 
mahsulidir. Makroiqtisodiy oʻsishni mikrodarajadagi munosabatlarning 
uygʻunlashuvisiz 
tasavvur 
qilish 
qiyin. 
Misol 
qilib 
olsak, 
makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xizmatlardan 
olinadigan daromad soligʻining ta’sirini oʻrganishlari uchun, ular har bir 
xoʻjalik yurituvchilarning tovar va xizmatlarni ayirboshlashga boʻlgan 
salohiyatini bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir-



biriga aloqador boʻlib oʻxshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. 
Chunki, ikkisi turli savollarga javob boʻladi, har bir fanning oʻzini 
alohida usullari mavjud boʻlib, ikkovi ham alohida fan sifatida bir-
biridan ajralgan holda oʻrganiladi.
Mikroiqtisodiyot ayrim subyektlar faoliyati bilan bogʻliq. Bular 
jumlasiga: iste’molchilar, ishchilar, kapital, yer egalari, firmalar, ya’ni 
aslida iqtisodiyot amal qilishida muhim oʻrin tutuvchi individ yoki 
xoʻjalik subyektlari kiradi. Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotning quyi 
bosqichida qanday qilib va nima sababdan xatti-harakatning amalga 
oshirilishini tushuntirib beradi. Masalan, iste’molchi nima uchun tovar 
sotib olishga jazm qildi; narx va daromad oʻzgarishi tovar tanlashga 
qanday ta’sir etdi; firma ishchilari sonini qanday rejalashtiradi, ular 
qayerda, qancha ishlashi lozimligini aniqlaydi, shu kabi voqeliklarni 
mikroiqtisodiyot fani tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyotning yana 
boshqa bir muhim jihati tarmoqlarda, masalan sanoat tarmoqlarida 
bozorlardan tashkil topgan eng yirik tuzilmalar hosil boʻlishida 
iqtisodiyot subyektlarining 
oʻzaro munosabatlarini oʻrganishdir. 
Mikroiqtisodiyot shu narsani, masalan, Amerika avtomobil sanoatining 
tarixiy rivojlanish mantigʻini, avtomobil bozorida ishlab chiqaruvchilar 
va iste’molchilar qanday oʻzaro munosabatga kirishishlarini anglab 
olishga yordam beradi. Bu fan avtomobillarga narx qanday 
belgilanishini, avtomobil kompaniyalarini yangi zavodlar qurilishiga
mablagʻlarni qanday investitsiya qilishlarini, yiliga qancha avtomobil 
ishlab chiqarilishini tushuntirib beradi. Mikroiqtisodiyot ayrim firmalar 
va iste’molchilar faoliyatini oʻrgangan holda sanoat tarmoqlari va 
bozorlar qanday faoliyat koʻrsatishini, bularning faoliyatiga boshqa 
mamlakatlardagi iqtisodiy sharoit va hukumat siyosati qay yoʻsinda 
ta’sir etishini ochib beradi. 
Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki koʻrinishi oʻzaro farqlanadi: 
a) pozitiv mikroiqtisodiyot; 
b) normativ mikroiqtisodiyot. 
Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning 
aloqadorliklarini oʻrganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni 
tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday boʻlishi kerak, 



degan savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar importiga 
kvota 
belgilaydi, 
deylik. 
Bunda 
mamlakatda 
chiqariladigan 
avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida nima oʻzgaradi? 
Bu avtomobillardan foydalanuvchilarga va avtomobil sanoatida 
ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar paydo boʻladi. Bu 
savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi. Mikroiqtisodiyotda pozitiv tahlil 
markaziy oʻrin egallaydi. Benzinga yangi hukumat darajasida soliq 
belgilash koʻrib chiqilyapti, deb faraz qilaylik. Yangi soliq kiritilishi 
bilan benzin narxi oʻzgaradi, bu benzinni kam sarflaydigan 
avtomashinalarga boʻlgan talabni, shuningdek, bu mashinalardan 
kundalik hayotda foydalanilishi va boshqa narsalarni oʻzgartirib 
yuboradi. Oʻz faoliyatini oqilona rejalashtirish uchun neft va 
avtomobilsozlik kompaniyalari davlat soliq siyosatining turli oqibatlari 
qanday boʻlishini aniqlashlari kerak boʻladi. Bu ishni avtomobil uchun 
ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar, sayohat bilan shugʻullanuvchi 
firmalar ham bajarishi kerak. Avtomobil kompaniyalari soliq qabul 
qilingandan keyingi maksimal foydani, katta va kichik litrajli 
avtomobillar ishlab chiqarish hajmini aniqlashni, tejamli avtomobillarni 
ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan kapital qoʻyilmalar miqdorini 
belgilashni xohlaydilar.
Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul 
yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yoʻnalishlarini 
taklif etadi.
Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor 
emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. 
Benzin soligʻi maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi 
masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini 
hisobga olib benzinga solinadigan soliq optimal miqdori qanday boʻladi, 
degan savolni beramiz. Normativ tahlil koʻpincha baho berish 
xususidagi mulohazalar bilan toʻldiriladi. Masalan, benzinga soliqni 
import qilinadigan neft uchun qoʻyilgan boj bilan taqqoslab shunday 
xulosaga kelish mumkin, garchi neft soligʻini boshqarish yengil boʻlsa-
da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha koʻproq ta’sir oʻtkazishi 
mumkin. Bunday vaqtda jamiyat ijtimoiy adolatni iqtisodiy samaradorlik 


10 
bilan qiyoslab koʻrishi zarur boʻladi. Baho berish xususidagi 
mulohazalar qoʻllanilgan paytda mikroiqtisodiy siyosatning eng yaxshi 
varianti nimadan iborat, degan savolga javob berishga qodir boʻlmaydi. 
Ammo mikroiqtisodiyot omillarning oʻzaro ta’sirini koʻrsatadi va bu 
bilan bahsli munozaraning oydinlashishiga yordam beradi. 

Download 7,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish