608
2016-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari
tomonidan 3223,2 million AQSh dollari miqdorida tovarlar (ishlar,
xizmatlar) eksport qilindi (umumiy eksport hajmining 26,5 foizi), bu
2010-yilga nisbatan 80,8 foizga koʻp va 2000-yilga qaraganda deyarli 10
baravar koʻp.
Korxonalarning aksariyat qismi xizmat koʻrsatishga ixtisoslashganiga
qaramasdan, eksport qilishda kichik biznes qariyb 45
foizni tashkil
etsada, ularning faoliyati koʻplab ishlab chiqarish segmentlarini qamrab
oladi.
Asosiy eksport qilinadigan mahsulotlar sirasiga hoʻl va qayta
ishlangan
meva-sabzavot mahsulotlari, shuningdek, tayyor toʻqimacilik
va
charm mahsulotlari, zamonaviy qurilish va pardozlash buyumlari,
mexanik asboblar, elektrotexnika va maishiy buyumlar kiradi.
30.9-rasm.
Eksport tarkibi
2016-yilda 3000 ortiq kichik biznes subyektlari tomonidan 154
mamlakatga eksport amalga oshirildi.
Toshkent shahri tashqi savdo bilan shugʻullanuvchi
korxonalar soni
jihatidan va eksport faoliyatidan olingan tushumlar boʻyicha peshqadam
hisoblanadi. 2016-yilda 1150 dan ziyod tadbirkorlar eksportning 15
foizini ta’minladi, bu shaharning jami eksportining 18,3 foizini tashkil
etadi.
609
Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Toshkent
va Samarqand viloyatlari
egallaydi. Tashqi bozorlarda faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxonalar
va mikrofirmalarning soni boʻyicha ular tegishlicha taxminan 10 foiz va
9 foizdan sal koʻproqni tashkil etadi.
30.10-rasm.
Eksportda kichik biznesning hududlardagi ulushi