605
Oʻzbekiston Respublikasining eksport va import tarkibi
30.6-rasm.
Oʻzbekiston
Respublikasining eksport va import tarkibi
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda sanoat tuzilmasini
diversifikatsiya
qilinishi natijasida respublikaning eksport tarkibi sezilarli darajada
oʻzgarishiga erishildi. Taʼkidlash lozimki, oʻtgan davr mobaynida xom-
ashyo eksportidan tayyor mahsulot eksport qilinishiga erishildi.
Xususan, 2000-yilda eksport tarkibida paxta tolasining ulushi 27,5 foizni
606
tashkil etgan boʻlsa, 2016-yil natijalariga koʻra bu koʻrsatkich 5,2 foizni,
qora va rangli metallar 6,6 foiz oʻrniga 5,8 foizni tashkil qildi. Oziq-
ovqat mahsulotlari esa 5,4 foizdan 5,7 foizga,
kimyo mahsulotlari va
undan tayyorlangan buyumlar 2,9 foizdan 6,9 foizga, energiya
manbaalari va neft mahsulotlari 10,3 foizdan 14,1 foizga, xizmatlar 13,7
foizdan 26,3 foizga va boshqa tovarlar 30,2 foizdan 34,2
foizga
oʻsishiga erishildi (30.6-rasm).
Tashqi savdo boʻyicha asosiy hamkorlar MDH davlatlar orasida
Rossiya va Qozogʻiston boʻlsa, boshqa
mamlakatlar orasida Xitoy,
Turkiya, Afgʻoniston, Eron va Koreya Respublikasi hisoblanadi.
5- diagramma
Oʻzbekiston Respublikasining yirik eksport hamkorlari
30.7-rasm.
Oʻzbekiston Respublikasining yirik eksport hamkorlari
607
Hozirgi davrda deyarli 2000 turdagi tovar va xizmatlar dunyoning 168
dan ortiq mamlakatlariga (Yevropa mamlakatlari, MDH, Osiyo,
Shimoliy
va Janubiy Amerika, Afrika va Avstraliya davlatlarini
qoʻshgan holda) yetkazib berilmoqda. 2000-yilga
nisbatan eksport
boʻyicha hamkor davlatlar soni 31 taga koʻpaygan (30.7-rasm).