603
ulushi 33,4 foizni, boshqa xorijiy davlatlarning ulushi 66,6 foizni tashkil
etdi.
Eksport va import oʻrtasidagi ijobiy saldo 2000-yilda 317,3 mln
AQSh dollarni va 2016-yilda esa ushbu koʻrsatkich 48
mln AQSh
dollarni tashkil etdi (30.1-jadval).
Oʻzbekiston Respublikasi 2016-yil mobaynida jahonning 175 ta
mamlakati bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirdi va 86 ta
mamlakat bilan ijobiy saldoga erishgan.
Shu bilan birga, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi
2000-yilda 37,0 foizni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2016-yilda
34,8 foizga teng boʻldi, shunga muvofiq boshqa
xorijiy davlatlarning
ulushi 63,0 foizdan 65,2 foizga oshgan (30.1-rasm).
30.3-rasm.
MDH va boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo
aylanmasidagi ulushi (foizda)
Eksport hajmida MDH davlatlarining ulushi 2000 yildagi 35,9 foizdan
2016 yilda 36,3 foizgacha oʻsdi, shunga
muvofiq boshqa xorijiy
davlatlarning ulushi 64,1 foizdan 63,7 foizgacha kamaydi (30.4-rasm).
604
30.4-rasm.
MDH va boshqa xorijiy davlatlarning eksportdagi ulushi
(foizda)
2000-yilda import hajmida 38,2
foizni tashkil etgan MDH
davlatlarining ulushi, 2016-yilda 33,4 foizgacha kamaydi, boshqa xorijiy
davlatlarning ulushi esa 61,8 foizdan 66,6 foizgacha oʻsdi (30.5-rasm).