Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

oqibatlari 
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning 
bilvosita usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. 
Bevosita usullar mazmuniga koʻra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - 
huquqiy koʻrinishga ega boʻlishi mumkin. 
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar 
ichida keng tarqalgani hisoblanadi. 


597 
Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga 
oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. 
Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar 
eksporti hamda moliya opyeratsiyalarini oʻtkazish, xorijga ishchi 
kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. Oʻzbekistonda 
litsenziyalar faqat davlat roʻyxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat 
qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish 
taqiqlangan. 
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular 
oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha 
chegaralash va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik oʻsishining toʻxtash 
hamda savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi. 
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi 
usullar yordamida joylashtiriladi. 
1. Ochiq auksion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan 
ishlab chiqaruvchilarga berishi 
2. Afzal koʻrish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab 
chiqarish hajmi jihatdan yirik boʻlgan firma va kompaniyalarga hech 
qanday shart va talablarsiz beradi 
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish 
quvvatlariga va resurslarga ega boʻlgan firma va kompaniyalarga beradi 
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va 
importiga litsenziyalar berish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasining 
quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, 
Adliya, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari
shuningdek, Markaziy bank. 
Moliya operatsiyalarini oʻtkazishga litsenziyalar asosan Respublika 
Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan oʻz va xorijiy banklarga, 
moliya muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga 
mamlakat ichida va uning tashqarisida chet el valyutasi bilan 


598 
operatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa 
ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish huquqini 
beradi. 
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, 
shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida 
kvotalash keng qoʻllaniladi. 
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki 
xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va 
mamlakatlar guruhi boʻyicha ma’lum davrga eksport va importga 
miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi. Davlat tomonidan 
tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash toʻlov balanslarini ichki bozorda 
talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda oʻzaro kelishuvga 
erishish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda kvotalash xalq iste’moli 
mollarini va strategik xomashyoning muhim turlarini olib chiqishni 
chegaralash usuli sifatida qoʻllanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi 
oqimlarini tartibga solishda ham qoʻllaniladi. Koʻpgina rivojlangan 
mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan 
ishchi kuchi importiga kvotalar oʻrnatadi. 
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan koʻproq qoʻllanilishiga 
ikkita sabab bor: 
1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. 
Ayrim hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini 
oshira olmaydilar va shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya 
qilish maqsadida kvotalarga e’tiborni qaratishga majbur boʻladi. 
2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni 
qoʻllaydi. Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar 
olish osonroqdir. 
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga koʻproq mos keladi. 
Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan koʻriladigan farovonlikdagi 
yoʻqotishlar ikki holatda katta boʻladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar 
import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar 
monopol hukmronligi darajasini oshiradi. Ikkinchidan, importga 
litsenziyalar samarasiz joylashtiriladi. 


599 

Download 7,53 Mb.
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish