• Import tariflari kiritilishi natijalari
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet286/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

     
    Nazorat savollari: 
    1. Xalqaro savdoni rivojlantirishning obyektiv sabablari nimalardan 
    iborat? 
    2. 
    Xalqaro 
    savdoni 
    rivojlantirishning 
    subyektiv 
    sabablari 
    nimalardan iborat? 
    3. Xalqaro savdoning shakllari. 
    4. Xalqaro savdo hajmini belgilovchi omillarni tushuntirib bering. 
    5. A. Smitning “Mutlaq ustunlik” nazariyasi kamchiligi nimada 
    koʻrinadi? 
    6. “Nisbiy ustunlik” nazariyasining mohiyatini tushuntirib bering. 
    7.Savdo 
    sharoitlari 
    tushunchansini 
    izohlab 
    bering. 
    Savdo 
    sharoitining yaxshilanishi qanday oqibatlarga olib keladi? 
    8. Xekshyer-Olinning neoklassik konsepsiyasini izohlab bering. 
    9.“Leontev taajubi” nima sababli yuzaga keldi va qanday yechim 
    topdi? 
    10. Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari. 
     


    588 
     
     
    XXX BOB. TASHQI SAVDO SIYOSATI 
     
    30.1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari 
     
    Har bir mamlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda tashqi savdo 
    siyosati ham muhim oʻrin egallaydi.
    Tashqi savdo siyosati – mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib 
    boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-
    tadbirlar majmuasi boʻlib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur 
    boʻlgan mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga toʻldirish hamda 
    milliy iqtisodiyotda ortiqcha boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish 
    hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi oʻrnini mustahkamlash 
    vazifasini hal etadi.
    Ushbu siyosatni yuritish orqali tashqi savdo hajmlari soliqlar, 
    subsidiyalar, import yoki eksportni toʻgʻridan-toʻgʻri cheklashlar kabi 
    vositalar yordamida tartibga solinadi. Tartibga solish vositalari bevosita 
    va bilvosita xarakterga ega boʻlishi mumkin. Tashqi savdo siyosati 
    eksport va import hajmi hamda tarkibiga ta’sir koʻrsatish orqali 
    makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy oʻsishga erishish, 
    toʻlov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish 
    maqsadlarini koʻzda tutadi.
    Mamlakatlar erkin yoki cheklovchi (proteksionistik) tashqi savdo 
    siyosatini olib borishi mumkin. Koʻpgina mutaxassis-iqtisodchilar 
    mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun 
    erkin savdo siyosatini qoʻllash iqtisodiy resurslardan samaraliroq 
    foydalanish imkonini beradi deb hisoblaydilar. Biroq erkin savdo jahon 
    iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan foydali boʻlishi mumkin boʻlsada, ammo 
    alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtayi nazaridan erkin 
    savdo hamma vaqt ham foydali boʻlavermaydi. 
    Tashqi savdoni cheklash bilan bogʻliq bolgan proteksionistik siyosat 
    borasida olib boriladigan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli 
    samara beradi. Uzoq muddatli davrda esa, faqatgina erkin savdo siyosati 
    iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini byeradi.


    589 
    Tashqi savdo siyosati chora-tadbirlarining ayrimlari davlat 
    gʻaznasini toʻldirishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, ba’zilari import va eksportni 
    cheklashga, yoki ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan. Amaliyotda 
    tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan 
    foydalaniladi. 
    Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif 
    usullariga eksportyorlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, 
    kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. 
    Bojxona bojlari import va eksport bojlariga ajratiladi. 
    Import bojlari davlat gʻaznasini toʻldirish maqsadida va ichki 
    bozorlarga tushadigan chet el mahsulotlari oqimini tartibga solish uchun 
    belgilanadi. Import bojlari eng kam va eng koʻp miqdordagi import 
    bojlariga boʻlinadi. Eng kam miqdordagi import bojlari qulay savdo 
    sharoitlarni yaratib berishni koʻzda tutuvchi savdo shartnomalari va 
    bitimlari boʻlgan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan oʻrnatiladi. Eng 
    koʻp miqdordagi import bojlari esa qulay savdo sharoitlarni yaratib berish 
    boʻyicha shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotlariga 
    nisbatan oʻrnatiladi. 
    Eksport bojlari mamlakat ichida talab koʻp boʻlgan mahsulotlar 
    taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi. 
    Litsenziyalash tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga 
    davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibi hisoblanadi va 
    bunday ruxsat berish huquqini qaysi davlat tashkilotlariga berish amalga 
    oshiriladigan operatsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatiga 
    bogʻliqdir. 
    Kvotalash mahsulotlar, xizmatlar boʻyicha ma’lum davrga eksport 
    va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilashdir. 
    Mamlakatlar milliy iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaziyatni inobatga 
    olgan holda tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda yoki tarif 


    590 
    vositalaridan, yoki notarif vositalaridan, yoki ham tarif, ham notarif 
    vositalarini muvofiqlashtirgan holda qoʻllaydi. 
    Xalqaro savdoni tartibga solishda eng koʻp qoʻllaniladigan usul 
    boʻlib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi. 
    Importga tariflarning maxsus va boshqa turlari oʻzaro farqlanadi. 
    Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan oʻrnatiladi. 
    Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 yevro. 
    Bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz 
    tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%i. 
    Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil 
    boʻlib, buni biz quyidagi grafik vositasida koʻrib chiqamiz. 
    Import qilinadigan tovarning ichki bahosi =
    Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi). 

    Sd 
    Pd
    Ichki narx (tarif bilan birga)
    Pw a b c
    d jahon bozori narxi
    Dd Tarif joriy qilingandan keyingi
    import 
    S1 S2 D2 D1
    Q
    Tariflar joriy qilingunga qadar boʻlgan import 
    30.1- rasm. Import tariflari kiritilishi natijalari 
     
    Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab 
    chiqarish hajmi S1, ichki talab hajmi esa D1 teng boʻlgan. Talab va 


    591 
    taklif oʻrtasidagi farq (D1-S1) import hisobiga qoplangan. Mamlakat 
    iqtisodiyoti yopiq boʻlganida baholar darajasi Re ga teng, talab va 
    taklif muvozanati esa E nuqtada oʻrnatilgan boʻlar edi. Mamlakat 
    iqtisodiyoti ochiq boʻlgani va importga cheklovlar yoʻqligi tufayli milliy
    bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif
    joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar koʻtariladi. 
    Natijada: 
    Oqibatda ite’molchilar ma’lum bir yoʻqotishlarga duch keladilar. Bu 
    yoʻqotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan koʻrsatilgan. 
    Baholarning koʻtarilishi ilgari raqobatbardosh boʻlmagan ayrim 
    ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda koʻrib ishlashga imkon 
    beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab 
    chiqarish hajmini S1 dan S2 ga qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi 
    mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste’molchilar 
    oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yoʻqotishga duch 
    keladilar. Ammo, bu yoʻqotish ichki ishlab chiqaruvchilarning oʻsgan 
    foydasiga aylanadi. 
    Baholarning oʻsishi oqibatida iste’molchilar koʻrilayotgan tovar 
    iste’moli hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yoʻqotish grafikda d 
    soha bilan koʻrsatiladi va u hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi. 
    S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan soʻnggi import hajmi boʻlib, 
    shu hajmda tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib 
    oladilar. Buning natijasida ular turmush darajasidagi yoʻqotish roʻy 
    beradi. Bu yoʻqotish grafikda s soha bilan belgilangan boʻlib, u davlat 
    byudjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi iste’molchilarning 
    yoʻqotishi davlatning foyda koʻrishi bilan qoplanadi. 
    Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import 
    tovaridan qimmat ichki tovarga yoʻnaltiriladi. Iste’molchilarning oʻsgan 
    toʻlovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh boʻlmagan 
    samarasiz ichki ishlab chiqarishni kengayishiga olib keladi. 
    Iste’molchilarning bu yoʻqotish b sohasi bilan belgilangan boʻlib 


    592 
    tarifning “ishlab chiqarish samarasi” deyiladi va hech kimning foydasi 
    bilan qoplanmaydi. 
    Iste’molchilarning 
    yoʻqotishlari 
    Ishlab 
    chiqaruvchilar
    foydasi 
    Davlat 
    daromadi 
    Jamiyatning sof 
    yoʻqotishi 
    a + b+ c + d
    -- 
    a -- s = 
    b + a 
    Demak, iste’molchilarning a sohadagi yoʻqotishlari ishlab 
    chiqaruvchilar foydasining oʻsishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda 
    iste’molchilar shu tarmoq korxonalari aksiyadorlari boʻlishsa, ular 
    yoʻqotishlarining bir qismi oʻsgan dividendlar sifatida qaytadi. 
    «s» sohada davlat olgan daromadini transfert toʻlovlarini oshirish, 
    soliqlarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish haqini 
    oshirishi koʻrinishida iste’molchilarga qaytarishi mumkin. 
    Ammo «b» Q «d» sohalarda jamiyat sof yoʻqotishga duch keladi. 
    Valyuta kursi oʻzgarishi bu yoʻqotishlarni bir oz qoplashi mumkin. 
    Masalan, 20% li tarif kiritilishi natijasida milliy valyuta 4% ga 
    qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy valyutada 
    ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif 
    kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yoʻqotish «b» va «d» sohalarning
    80 foizini ((16 / 20) x 100 q 80) tashkil etishini anglatadi. 
    Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid 
    fikrlar mavjud boʻlib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati 
    va qoʻyilgan maqsadlar bilan asoslanadi.
    Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida koʻpgina davlatlar oʻz 
    ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida 
    proteksionizm siyosatini qoʻllaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar 
    “sinishi” jamiyatda ishsizlik xavfini tugʻdiradi.


    593 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish