Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
Eksport narxlar indeksi Ei 
Savdo sharoiti indeksi = ---------------------------------------- 100 = ----- 100 
Import narxlar indeksi Ii 
Indeksning oʻsishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo 
sharoitlarining 
yaxshilanayotganligini 
koʻrsatadi. 
Ya’ni, ushbu 
miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda 
eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi oʻzgarishi 
hisobiga, unga boʻlgan talabning oshishi yoki kamayishiga bogʻliq. 
Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda boʻlayotgan oʻzgarishlarga 
qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib 
beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bogʻliq 
boʻladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki 
mahsulotlar iste’molidagi oʻzgarishlarga qarab oʻzgaradi.


587 
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati 
toʻgʻrisida ma’lumotlar bersada, koʻpgina kamchiliklardan xoli emas. 
Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni 
yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. 
Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi 
qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa toʻlov balansini 
yomonlashtiradi. 
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir 
qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa 
ishlab chiqarish xarajatlariga bogʻliq. 
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, 
kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, 
mehnatning bozor bahosi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning 
bahosi foiz stavkalari koʻrinishida, yerning bahosi renta miqdorida 
aniqlangan.

Download 7,53 Mb.
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish