584
hisobga olgan holda D. Rikardoning “Nisbiy ustunlik”
nazariyasini
qoʻllaymiz:
29.1-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan mehnat sarfi.
Movut (bir dona)
Vino (barrel)
Portugaliya
90
80
Angliya
100
120
Yuqoridagi misoldan koʻrinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya’ni bir dona
movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab
chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo
Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan
vino ishlab chiqarish
savdosini yoʻlga qoʻyish koʻproq foyda olib kelishini ta’kidlaydi.
Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish
arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun
xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir barrel vinoni
(80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va oʻz navbatida, Angliyadan
(100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga
ega boʻladi.
Oʻzida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa
8/9
donaga ega boʻlar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino
ishlab chiqarish va movutni sotib olish
evaziga oladigan foydasi
quyidagicha boʻladi:
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni
movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari oʻrtasidagi farq
vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab
chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham
585
yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga
11/8 barrel vino (oʻzidagiga nisbatan
5/6 barrel) sotib olishi mumkin.
Ushbu vaziyatda Angliyaning yutugʻi:
9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga
9/8 dona movut
sotib olgandagina xalqaro
savdo foydali hisoblansa, Angliya uchun esa
har bir barrel vinoga
5/6 dona movut almashganda savdo foydali
hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni ragʻbatlantirib,
quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi
mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashguncha oʻtgan davriga nisbatan
kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan boʻladi. Ammo, bu
borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning
pul birliklari
ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar
oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini
almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan.
U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish
sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import toʻlovlari
oʻzaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi
oʻzgarishlar hisobiga yoki biron-bir mamlakatdagi barcha baholarni
oʻzgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum
xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:
mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar oʻrtasida emas,
balki
mamlakat ichida harakatchan boʻlishini;
transport, bojxona xarajatlari,
savdo ustamalari va boshqa
cheklashlar hisobga olinmasligini;
mahsulotlarning yangi namunalarni
ishlab chiqarishda yangi
texnika va texnologiyalarni qoʻllash hamda ularni koʻp miqdorda
586
seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi oʻzgarishlar e’tiborga
olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan
vaziyatlarda xalqaro
savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qoʻllash mumkin.
Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam
narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik
kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100
gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi oʻrtasidagi oʻzaro nisbat aniqlab olingandan
keyin “savdo sharoiti” (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini
aniqlab olish uchun esa “savdo sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan.
Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan: