Bojxona tariflarini kiritishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga koʻra




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Bojxona tariflarini kiritishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga koʻra
import tariflari:
 

mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi; 

mamlakatda bandlilik darajasi oʻsishini ta’minlaydi va yalpi 
talabni ragʻbatlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida 
sof eksport oʻsadi va joriy operatsiyalar boʻyicha toʻlov balansi 
holati yaxshilanadi;

milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun 
zarur;

davlat byudjeti daromadlarini toʻldirish manbai boʻlib xizmat 
qiladi;

milliy ishlab chiqaruvchilarni demping koʻrinishidagi chet el 
raqobatidan himoya qiladi;

iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi 
hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilgʻor 
siljishlar ragʻbatlantiriladi va h.k.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini 
yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va 
yangi ishlab chiqarish sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. 
Oʻzbekistonda avtomobilsozlik yangi va istiqbolli soha (tarmoq) 
hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj. Tarmoqni tarifli 
himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda koʻrib chiqamiz. 
Masalan, Oʻzbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni 
tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur boʻladigan 
ehtiyot qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz 
miqdorida oʻrnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSh 
dollariga teng boʻlsa, ya’ni bitta avtomobil uchun zarur boʻlgan ehtiyot 
qismlarining narxi 7000 dollar, qoʻshilgan qiymat esa 3000 dollarni 
tashkil etsin.


594 
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir 
avtomobil narxi 4000 dollarga oʻsib, tarif bilan birga 14000 dollarni 
tashkil etadi. Ehtiyot qismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga 
qilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga oshirib 8750 dollarga yetkazadi. 
Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. 
Qoʻshilgan qiymat esa 2250 dollarga (4000-1750 = 2250) oʻsdi. 
Shunday qilib, tarif kiritilgandan soʻng mahsulot birligiga toʻgʻri 
keladigan qoʻshilgan qiymat 5250 dollarni (3000 + 2250 = 5250) tashkil 
etdi. 
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan 
foydalanamiz.

Download 7,53 Mb.
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bojxona tariflarini kiritishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga koʻra

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish