A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
29.3. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi 
Merkantilistlarni tanqid qilgan asosiy iqtisodchilardan biri Adam 
Smitdir (1723–1790). A.Smit mamlakatning boyligi u ega boʻlgan oltin 
miqdoriga emas, balki uning ishlab chiqarish imkoniyatlariga 
bogʻliqligini koʻrsatib berdi. Shuning uchun har qanday davlatning 
asosiy vazifasi mamlakat ega boʻlgan oltin miqdorini oshirish emas
balki xalqaro mehnat taqsimotida oʻziga xos munosib oʻrin egallashdan 
iboratdir. Shuningdek, A.Smit gʻoyalariga binoan ishlab chiqarish 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvini cheklash kerak. Ushbu siyosat «Lessa fer»
13
nomini oldi. 
A. Smit qarashlariga muvofiq; 
­ 
davlat tashqi savdoga aralashishi kerak emas va mamlakat erkin 
savdo rejimiga rioya qilishi lozim;
13
Лэсса фэр – французча «laisses-faite», яъни давлатнинг иқтисодиётига аралашмаслик ва рақобат эркинлиги 
сиёсати. 


582 
­ 
mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega boʻlgan tovarlarni 
ishlab chiqarishga ixtisoslashishlari kerak va bu tovarlarni boshqa 
mamlakatlar afzallikka ega boʻlgan tovarlar bilan ayirboshlashi kerak;
­ 
tashqi savdo milliy bozorlarni boshqa mamlakatlar hisobiga 
kengaytirish orqali mehnat unumdorligining oʻsishini ta’minlaydi; 
­ 
eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil hisoblanadi, 
chunki u ichki bozorda sotilmagan ortiqcha mahsulotlarni xorijga sotish 
imkonini beradi;
­ 
eksport subsidiyalari ichki soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi 
va ichki narxlarning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ularni bekor 
qilishi kerak.
Shu vaqtga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari 
xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda 
keltiradi degan fikrni ilgari suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va 
foydaliligi toʻgʻrisida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq 
ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga koʻra har bir mamlakat undagi 
mavjud sharoitlar va resurslar oʻziga xosligiga tayangan holda ma’lum 
bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni 
eng koʻp) ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat 
mutlaq ustunlikka ega boʻlgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va 
ushbu tovarning oʻz iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa 
tovarlarni sotib oladi. Chunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda 
mutlaq ustunlikka ega boʻlgan davlatlarda ancha arzon ishlab 
chiqarilgan boʻladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab 
koʻproq mahsulotga ega boʻladi.
Masalan, Oʻzbekiston asosan paxta mahsulotlarini yetishtirishga 
ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan koʻproq shunga 
e’tiborni qaratish lozim. Chunki, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi, ob-
havosi va qolaversa, butun respublika sharoiti paxta yetishtirishga 


583 
moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va moliyaviy resurslarni sarf 
qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek, boshqa 
mamlakatlar ham oʻzi ixtisoslashgan sohaga koʻproq e’tiborni 
qaratishsagina dunyo boʻyicha koʻproq mahsulot ishlab chiqariladi va 
xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. 
Demak, shu yoʻl bilan dunyo aholisining talablarini maksimum 
qondirish imkoniyatiga erishiladi. 
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish 
boʻyicha dunyoda mutlaq ustunlikka ega boʻlmasligi mumkin. Bu esa 
shu mamlakat hamma tovarlarni chetdan keltiradimi - degan savolni 
tugʻdiradi. Agar shunday boʻlsa importni bu mamlakat qaysi mablagʻlar 
hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob berish borasida mutlaq 
ustunlik nazariyasi boshi berk koʻchaga kirib qoladi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish