28.6. Iqtisodiy oʻsishning J.Mid va A. Lyuis modellari.
J.Midning iqtisodiy oʻsish modeli ham neoklassik asoslarga ega. U
iqtisodiy oʻsishni chekli unumdorlik qonuni qoʻllaniladigan marjinalistik
yondashuvlar bilan tushuntiradi. Oʻz konsepsiyasini J. Mid “Iqtisodiy
oʻsishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) kitobida bayon etdi. Kobb-
Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan variantidan foydalanib, J
Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini keltirib
chiqardi:
571
U=αk+βL+r
bu yerda Y-milliy daromadning oʻrtacha yillik oʻsish surʼati:
k- kapitalning oʻrtacha yillik oʻsish sur’ati;
L- mehnatning oʻrtacha yillik oʻsish sur’ati;
α- milliy daromadda kapitalning ulushi;
β- milliy daromadda mehnatning ulushi;
r- texnik taraqqiyot sur’ati.
Tenglama, milliy daromadning oʻsish sur’ati milliy daromadda ega
boʻlgan ulushi boʻyicha mehnat va kapital oʻsish sur’atlarining
yigʻindisiga texnik taraqqiyot sur’ati qoʻshilishidan paydo boʻlgan
miqdorga teng boʻlishini koʻrsatadi. Mehnat va texnik taraqqiyot oʻsish
sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid quyidagi xulosaga keldi:
iqtisodiy oʻsishning barqaror sur’ati kapital oʻsishning barqaror
sur’atlari va uning milliy daromad oʻsish sur’atlari bilan tengligi
sharoitida erishiladi. Agar kapitalning oʻsish sur’atlari milliy
daromadning oʻsish sur’atlaridan oshsa, unda bu jamgʻarish
sur’atlarining oʻz-oʻzidan pasayishiga olib keladi.
Bunday bogʻliqlik J.Midning jamgʻarishning milliy daromaddagi
ulushi doimiy deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital
jamgʻarishning
(investitsiyalarning)
yuqoriroq
sur’atlarini
moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan jamgʻarmalarning qoʻshimcha
oʻsishi birinchisidan orqada qoladi va unga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Agar
kapitalning oʻsish sur’ati milliy daromadning oʻsish sur’atidan orqada
qolsa teskari holat roʻy beradi.
Mehnat unumdorligi oʻsish sur’atlarining dinamik muvozanatga
ta’sirini koʻrib chiqib J. Mid agar ular kapital jamgʻarish sur’atidan
oshsa unda chekli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida
mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil boʻladi degan xulosaga
keldi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning yangi nisbati esa mehnatning
572
ham, kapitalning ham toʻliq bandligini ta’minlaydi. Shu bilan birga J.
Mid real holatda mehnatning va kapital jamgʻarilishining oʻsish
sur’atlari oʻrtasida muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e’tibor qaratgan.
Aks holda, agar mehnatning oʻsishi shunga muvofiq kapital oshishi bilan
birga bormasa ishlab chiqarishning oʻsishi roʻy bermaydi, chunki ishchi
kuchining oʻsishi ortiqcha boʻlib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital
mehnat unumdorligini oʻsish sur’atlaridan tezroq oʻssa, unda ortiqcha
ishlab chiqarish quvvatlari hosil boʻladi. Biroq bu holda ham dinamik
muvozanatga erishish usullari mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik
nazariyasiga asoslanib ularni koʻrsatadi.
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni
kuchaytiradi, bu esa oʻz navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga
va kapitalning foydaliligining oʻsishiga olib keladi. Natijada jamgʻarish
sur’atlari oshadi va ishchi kuchining oʻsish sur’atlari bilan tenglashadi.
J. Mid modelida davlat pul-kredit siyosatidan foydalangan holda
faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini bajarishi kerak. Faqat
shugina
daromadlar
va
jamgʻarmalarni
qayta
taqsimlashning,
resurslarning
zarur
bandligi
va
barqaror
iqtisodiy
oʻsishni
ta’minlaydigan, samarali mexanizmini yaratish imkonini beradi.
A. Lyuis oʻz modelida ishchi kuchi zaxirasi (rezerv)ni iqtisodiy
oʻsishning asosi sifatida koʻrib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha,
bu model “aholi zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa
cheklangan” davlatlar uchun qoʻl keladi. Bunday mamlakatlarga A.
Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.
A. Lyuis oʻz konsepsiyasida erkin bozor gʻoyasiga asoslanganligi
tufayli, tahlil markaziga tadbirkor shaxsini qoʻyadi. U bozorda mavjud
ishlab chiqarish omillaridan, ya’ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish
xususida qarorlar qabul qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar
va sanoat sektorlarini hisobga olgan holda quriladi:. Agrar sektorda
573
mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat unumdorligi juda
past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa qishloq
xoʻjaligidan ishchi kuchining “olinishi” ishlab chiqarish qisqarishiga
olib kelmasligini anglatadi. Qishloq xoʻjaligida ishchilarning ish haqi
yashash minimumi darajasida boʻlgani sababli, bu ishchi kuchidan
sanoatda foydalanish hech qanday muammo tugʻdirmaydi. Bu
sektordagi mehnat unumdorligi agrar sektordagidan ancha yuqori.
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir
qismini qishloq xoʻjaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan
iqtisodiy oʻsish sur’atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu
jarayonda asosiy mexanizm boʻlib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarish masshtablarini kengaytirib, oʻz ishchilarining
daromadlari oʻsishini ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga
koʻmaklashadi. Bunda tadbirkorlar oʻsib borayotgan daromadlarni ishlab
chiqarishni kengaytirishga yoʻnaltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik
iqtisodiy oʻsishga dinamik ta’sir koʻrsatadi.
Iqtisodiy oʻsishning oʻzini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda
uning manbai boʻlib qoʻshimcha ishchi kuchidan foydalanish
hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq xoʻjaligida esa – chekli mehnat
unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy oʻsishning bu ikki turi
investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq keladi.
Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun
investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga
talabga bogʻliq boʻladi. Uning oʻsishi daromadlar oshishi va
investitsiyalar kengayishini ragʻbatlantiradi. Qishloq xoʻjaligida,
aksincha, investitsiyalar daromadlarning qisqarishiga bogʻliq holda
kengayadi: ish haqiga xarajatlarning koʻpayishi fermerlarni qoʻl
mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi.
574
Oʻz modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A.
Lyuis uni industrial bosqichni oʻtgan gʻarbiy mamlakatlar uchun toʻgʻri
kelmaydi, deb hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni
rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh.
Kindlberger oʻz tahlilida koʻrsatganidek iqtisodiy oʻsishning mehnat va
kapital bilan bogʻliqligining eng yaxshi namunasi boʻlib GFR, Italiya,
Shveytsariya, va Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya, Belgiya,
Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis
modelini teskari bogʻliqlikda boʻlsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda
iqtisodiy oʻsishning past sur’atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish
quvvatlaridan cheklangan holda foydalanish bilan bogʻliq edi. Yana bir
guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini boshidan kechirgan
mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Yugoslaviya,
Turkiya). Ularning iqtisodiy oʻsishi ham Sh. Kindlberger fikricha A.
Lyuis modeliga toʻgʻri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat oʻz sanoatini
balki boshqa Yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan
ta’minlar edi va butun qit’a uchun oʻziga xos mehnat zaxirasi fondi
vazifasini bajargan edi.
|