• Gw = s / cr , bu yerda
  •  Iqtisodiy oʻsishning R. Xarrod modeli




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet276/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    28.4. Iqtisodiy oʻsishning R. Xarrod modeli. 
     
    Agar E. Domar oʻz modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda 
    berilgan miqdor deb olgan boʻlsa, R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab 
    chiqilgan 
    iqtisodiy 
    oʻsish modeliga akselerator prinsipi va 
    tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi.
    Akselerator prinsipiga koʻra nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning 
    oʻsishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarning 
    oʻsgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib 
    keladi. 
    R.Xarrod oʻz modeliga uch tenglamani kiritadi: 
    1) kafolatlangan oʻsish sur’ati tenglamasi; 
    2) haqiqiy oʻsish sur’ati tenglamasi; 
    3) tabiiy oʻsish sur’ati tenglamasi. 
    R Xarrod modelida haqiqiy oʻsish sur’ati ishchi kuchining oʻsish 
    sur’ati va kapital unumdorligining oʻsish sur’ati bilan belgilanadi.
    G c = s , 
    bu yerda 
    G - YaIMning haqiqiy qoʻshimcha oʻsish sur’ati; Δ Y/ Y; 


    561 
    c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsiyenti, I / Δ Y ; 
    s– milliy daromaddagi jamgʻarish hajmi yoki jamgʻarishga oʻrtacha 
    moyillik, S / Y; 
    Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan oʻsish sur’ati
    boʻlgan kafolatlangan (prognoz qilingan) oʻsish sur’atiga asoslanib oʻz 
    investitsiya 
    rejalarini 
    tuzadilar. 
    Kafolatlangan 
    oʻsish sur’ati 
    jamgʻarishga oʻrtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida 
    aniqlanadi: 
    Gw = s / cr , 
    bu yerda: 
    Gw – kafolatlangan oʻsish sur’ati 
    cr – talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsiyenti ( oʻtgan 
    yillardagi shakllangan darajasi); 
    Bu koʻrsatkichlar doimiy boʻlganligi sababli kafolatlangan oʻsish 
    sur’atlari ham doimiy boʻladi. 
    Agar haqiqiy oʻsish sur’ati kafolatlangan oʻsish sur’atiga mos kelsa 
    iqtisodiyotda barqaror uzluksiz oʻsish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga 
    doimo erishib boʻlmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar roʻy 
    beradi. 
    Xarrod modelida resurslardan toʻliq foydalangan sharoitda 
    ta’minlanishi mumkin boʻlgan maksimal oʻsish sur’ati tabiiy oʻsish 
    sur’ati deb nomlandi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Iqtisodiy oʻsishning R. Xarrod modeli

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish