558
Iqtisodiy oʻsish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq
muddatli koʻpayishi taklif omillariga tayangan holda
tahlil etish
imkonini beradi.
Iqtisodiy oʻsishning keynscha va neokllasik modellari mavjud.
Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha:
1) ularning barchasi Keynsning yalpi talab toʻgʻrisidagi bosh
gʻoyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni
uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi
talabni oshirish deb qarashgan;
2) iqtisodiy oʻsishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa
ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy oʻsish modelidan soddarogʻi 40-yillarda E. Domar
tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi.
Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir koʻrsatib yalpi talabni
oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab
chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi. Shunday ekan,
yalpi talabning oʻsishi yalpi taklifning oʻsishiga teng boʻlishi uchun
investitsiyalar qanday oʻsishi kerak degan savol paydo boʻladi. Bu
savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani oʻz ichiga olgan
tenglamalar sistemasini tuzdi:
1) taklif tenglamasi;
2) talab tenglamasi;
3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining
qanchaga qoʻshimcha oʻsishini koʻrsatadi. Agar berilgan sharoitda
investitsiyalar I oʻssa,
yalpi ishlab chiqarish
K α miqdorga oʻsadi:
Ys=
K α ,
K investitsiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni:
559
Ys= I α deb yozish mumkin.
Bunda,
α – kapital qoʻyilmalar (investitsiyalar)ning chegaraviy
unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd soʻmga
oshirish uchun 4 mlrd soʻm investitsiya talab etilsa α =0,25 boʻladi.