Nazorat va muhokama uchun savollar




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. IS-LM modeli qanday maqsadga xizmat qiladi va unga ehtiyojni 
qanday asoslab berish mumkin?
2. IS-LM modelining asosi boʻlgan tenglamalarni sanab bering va 
ularga tavsif bering. 
3. IS egri chizigʻining mohiyati nimada va qanday keltirib 
chiqariladi? 
4. LM egri chizigʻining asosiy oʻzgaruvchilari nimalardan iborat va 
u qanday keltirib chiqariladi? 
5. IS egri chizigʻi tenglamasidagi qaysi parametr fiskal va pul kredit 
siyosatining nisbiy samaradorligini belgilaydi va nima sababli? 
6. Modelda makroiqtisodiy siyosat yuzaga kelishining shartlari 
qanday va u siyosatga qanday ta’sir koʻrsatadi? 
8.“Investitsion tuzoq” atamasi qoʻllaniladigan makroiqtisodiy 
vaziyatni tavsiflab bering.
9. Soliqlarning tushishini foiz stavkasi, daromad, isteʼmol va 
investitsiyaga taʼsirini izohlang. 
10. Pul taklifini tushishini foiz stavkasi, daromad, isteʼmol va 
investitsiyaga taʼsirini izohlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


553 
 
 
XXVIII BOB. IQTISODIY OʻSISH VA UNING MODELLARI 
 
28.1. Iqtisodiy oʻsishning umumiy tavsifi 
Iqtisodiy oʻsish — bu obyektiv qonuniyat boʻlib, aholining oʻsishi, 
FTT, ishlab chiqarish hajmining ma’lum bir vaqt davomida oʻsishi kabi 
jarayonlar bilan bogʻlangan. Iqtisodiy oʻsish jami taklifning oʻsishini 
yoki boshqacha aytganimizda, potensial YaIM hajmining oshishini 
bildiradi. Shunday qilib, iqtisodiy oʻsish nafaqat ishlab chiqarishning 
oʻsishini, balki iqtisodiyot potensialining oʻsishini ham bildiradi. 
 
28.1-rasm. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari 
Iqtisodiyotning 
barqarorligi 
aholi 
turmush 
darajasining 
yaxshilanishi va barcha sohalarning taraqqiy etishini ta’minlaydi. Shu 
sababli, iqtisodiy o‘sish muammolari dunyo olimlari, siyosatchilarining 
diqqat markazidagi mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda. Iqtisodiy o‘sish 

Download 7,53 Mb.
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish