549
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R.
k/h koeffitsiyenti LM egri chizigʻining Y oʻqiga nisbatan ogʻish
burchagini xarakterlaydi hamda fiskal va pul
kredit siyosatining nisbiy
samaradorligini baholaydi.
Shunday qilib, LM egri chizigʻi oʻzgarmas narxlar sharoitida pul
vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar
darajasining kombinatsiyalarini koʻrsatadi. LM egri chizigʻining har bir
nuqtasida pul bozorida talab va taklif oʻzaro teng boʻladi.
27.5. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
makroiqtisodiy
muvozanatga
erishishning roli va ahamiyati benihoya kattadir. Makroiqtisodiy
muvozanat mamlakat iqtisodiyotining toʻgʻri yoki notoʻgʻri yoʻldan
borayotganligini koʻrsatuvchi omillardan biri boʻlib hisoblanadi.
Chunki, iqtisodiyotda boʻlayotgan doimiy oʻzgarishlar xar qanday
mamlakatni ham iqtisodiy muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin.
Iqtisodiy tizimlardagi ogʻish tovarlar
va xizmatlar taqchilligini
yoki ortiqcha ishlab chiqarilganligini, inflyatsiya, ishsizlik va shunga
oʻxshash boshqa salbiy hodisalar sifatida namoyon boʻladi. Ular
iqtisodiyot samaradorligining pasayishiga va aholi turmush tarzini tushib
ketishiga olib keladi. Shu sababli ham iqtisodiy muvozanat
muammolarini tadqiq qilish eng muhim vazifalardan biri boʻlib
hisoblanadi.
IS-LM egri chiziqlari kesishadigan
nuqta IS-LM modelidagi
iqtisodiy muvozanat holatini koʻrsatadi. Bu nuqta oʻzida shunday foiz
stavkasi «R» ni va daromad darajasi «Y» ni aniqlaydiki, bunda tovarlar
va xizmatlar bozorida talab va taklif hamda real pul mablagʻlariga
boʻlgan talab va ularning taklifi oʻzaro teng boʻladi. (27.7- rasm.)
550
R
LM
R* IS
Y* Y
27.7-chizma.
IS – LM modelidagi iqtisodiy muvozanat
Bu yerda: R*-muvozanatli foiz stavkasi; Y*- muvozanatli daromad
hajmi.
IS va LM egri chiziqlarining oʻzaro kesishishi pul taklifi
investitsiyalar va jamgʻarmalarni oʻzaro tenglashtiruvchi foiz stavkasi
shakllanishi uchun yetarli ekanligini anglatadi.
IS egri chizigʻi rejalashtirilgan xarajatlarga bogʻliq boʻlganligi
uchun uning oʻzgarishi fiskal siyosatidagi oʻzgarishlarni xarakterlaydi.
LM pul taklifiga bogʻliq boʻlganligi uchun undagi oʻzgarish monetar
siyosat tadbirlari natijasini koʻrsatadi.
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal
va monetar siyosatning
iqtisodiyotga birgalikda koʻrsatadigan ta’sirini baholash imkonini
beradi. Davlat xarajatlarining oʻsishi yoki soliqlarning kamayishi IS
egri chizigʻini oʻngga siljitadi. Davlat xarajatlarining kamayishi va
soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi. Xuddi
shuningdek, pul taklifining oshishi LM egri chizigʻini oʻngga, kamayishi
esa chapga siljitadi. IS-LM modeli ma’lum
makroiqtisodiy natijalarga
erishishning turli variantlarni koʻrib chiqish imkoniyatini beradi. Bir
bozorda boʻlgan oʻzgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi. Masalan
Markaziy bank ochiq bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi.
Natijada pul taklifining koʻpayishi (LM egri chizigʻini oʻngga siljishida
aks etib) foiz stavkasining pasayishini keltirb chiqaradi. Monetar impuls
ta’sirida, ya’ni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida investitsiya
551
xarajatlari koʻpayadi va IS egri chizigʻi ham oʻngga siljib yangi nuqtada
muvozanat oʻrnatiladi.
Agar modelda muvozanati LM egri chizigʻining gorizontal (keyns)
kesmasida yuzaga kelsa pul massasining koʻpaytirilishi investitsiyalar,
ishlab chiqarish va bandlilikning oʻsishiga olib kelmaydi. Bu iqtisodiy
tizimda aloqalar buzilganligidan dalolat beradi. Bunda pul taklifining
oʻsishi tovarlar bozoriga ta’sir koʻrsata olmaydi,
chunki pul bozorida
foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday vaziyat
likvidlilik tuzogʻi nomini olgan.
“Likvidlilik tuzogʻi vaziyatida kredit (monetar) siyosat yalpi talab
va milliy daromadni ragʻbatlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani
keltirib chiqarmaydi va shu sababli, keynschilar fikriga koʻra,
(ixtiyorimizda) faqat bir dastak - soliqlar va
hukumat xarajatlari orqali
yalpi talabga bevosita ta’sir koʻrsatadigan fiskal siyosatgina qoladi”
*
.
Agar modelda IS egri chizigʻi LM egri chizigʻining vertikal
kesmasidan kesib oʻtganda yuz bergan boʻlsa pul taklifini oshirish milliy
daromadning oʻsishigava foiz stavkasining pasayishiga olib keladi.
Aksinсha, davlat xarajatlarining oshirilishi esa, keynschilar fikriga koʻra,
bu kesmada yalpi talabga va milliy daromad hajmiga ta’sir
koʻrsatmaydi.
Agar IS egri chizigʻi vertikal koʻrinishda boʻlsa, ya’ni
investitsiyalarga talab foiz stavkasi oʻzgarishiga ta’sirchan (elastik)
boʻlmagan, masalan investorlar kelajakdagi bozor konyunkturasining
noaniqligi sababli oʻz investitsiyalari istiqboliga tushkun baho bersalar
investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki,
IS egri chizigʻi vertikal boʻlganda LM egri chizigʻining siljishlari real
daromad miqdorini oʻgartirmaydi. Bu holatda
pul-kredit siyosati yalpi
talalab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi,
fiskal siyosat esa samarali boʻladi.
Demak pul- kredit siyosati foiz stavkalari yuqori boʻlganda samarali
boʻladi. Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizigʻi
gorizontal, IS egri chizigʻi esa vertikal boʻlganda samaraliroq boʻladi.
*
Ивашковкий С.Н. Макроэкономика: Учебник.-2-е изд., доп.- М.: Дело, 2002,
с. 219 .
552
Model yordamida makroiqtisodiy siyosat variantlarini tanlash,
shuningdek, usullarini muvofiqlashtirilgan holda qoʻllash va siqib
chiqarish samaralarini kamaytirish yoʻllarini tahlil etish mumkin.