554
sur’ati darajasi mamlakatda olib borilayotgan
makroiqtisodiy siyosatga
bogʻliq hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda iqtisodiy siyosatning
dastaklaridan foydalaniladi.
Iqtisodiy oʻsishda nafaqat mamlakat real daromadlarining oʻsishi,
shuningdek, jon boshiga toʻgʻri keladigan real daromadlarning oʻsishi
ham tushuniladi.
Iqtisodiy oʻsish ikki xil usul bilan aniqlanadi va oʻlchanadi.
Birinchi usul, YaIM (SIM)ni oʻtgan davrga nisbatan oʻzgarishi sifatida
aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari harakatini
aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usul, real YaIM (SIM)ning oʻtgan
davrga nisbatan aholi jon
boshiga oʻzgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy oʻsishni aniqlash va asoslab berish jarayonlarida
quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1) Iqtisodiy oʻsishni oʻlchash;
2) Oʻsish omillari;
3) Iqtisodiy oʻsish modellari.
Milliy iqtisodiyot oʻsishini oʻlchashda jami daromadlarning
(mahsulotlarning) har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy
oʻsish darajasi aslida YaIM miqdori bilan belgilanadi.
Shuningdek, bu
koʻrsatkichlar miqdori va bajarayotgan vazifasiga qarab YaIM yoki MD
ham boʻlishi mumkin. Bu koʻrsatkichlarning barchasi bir-biriga juda
ham yaqin. YaMD YaIM kabi ushbu mamlakat aholisi olayotgan
daromadlar miqdorini koʻrsatadi. Shuning
uchun ham undan aholi jon
boshiga toʻgʻri keladigan daromadlar dinamikasi va darajasini
aniqlayotganda foydalanish mumkin. Iqtisodiy oʻsish nazariyasi va
555
modellarida umumiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning
farqi unchalik
katta ahamiyatga ega emas. Chunki, ularning farqi iqtisodiy oʻsish
chegarasi va omillari oʻsish darajasini tahlil qilishda hal qiluvchi jarayon
hisoblanmaydi.
Iqtisodiy
oʻsish
nazariyasida
daromadlar
iste’mol
va
investitsiyalarga boʻlinadi:
Y = S + I
Davlat xarajatlari va sof eksport koʻrsatkichlari ham iste’mol va
investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
Mutlaq miqdordagi koʻrsatkichlar dinamikasi Y (t -vaqt indeksi) va
jon boshiga toʻgʻri keladigan koʻrsatkichlar birgalikda oʻsish jarayonini
bildiradi. Iste’mol hajmi (S) iqtisodiyotning provard maqsadini va
yashash darajasi oshishini bildirsa,
investitsiyalar esa resurs
imkoniyatlarining oʻsishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini
anglatadi.
Iste’mol va investitsiya oʻrtasida yetarlicha muqobillik mavjud,
chunki, joriy iste’mol miqdorining
oshishi investitsiyalarning
daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy oʻsish imkoniyatlarini
qisqartiradi.
Har bir mamlakat iqtisodiy oʻsishga intiladi, chunki iqtisodiy oʻsish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning koʻpayishiga,
ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga,
uchinchidan, yangi-
yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo boʻlishiga, toʻrtinchidan,
xalqaro bozorlarda mamlakat obroʻsining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy oʻsish usullaridan toʻgʻri va oʻz oʻrnida foydalanish katta
ahamiyatga ega. Masalan, mamlakat harbiy
salohiyatini aniqlash va
rivojlantirish muammosi qaralayotganda YaIM hajmining oʻsishi,
mamlakat aholisining turmush faoliyati taqqoslanayotganda aholi jon
boshiga toʻgʻri keladigan koʻrsatkichlardan foydalanish maqsadga
556
muvofiqdir. Amaliyotda iqtisodiy oʻsishning ikki xil koʻrinishi
farqlanadi: haqiqiy va potensial.
Haqiqiy iqtisodiy oʻsish – bu statistika
organlari tomonidan
muntazam nashr etiladigan YaIM yoki boshqa makroiqtisodiy
koʻrsatkichlarning haqiqiy yillik koʻpayishidir.
Potensial iqtisodiy oʻsish – bu iqtisodiyot oʻsishi mumkin boʻlgan
tezlikdir.
Potensial iqtisodiy oʻsishni
ta’minlovchi omillar boʻlib
quyidagilar hisoblanadi:
resurslarning koʻpayishi;
samaradorlikni oshishi.