Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
29.2. Merkantilizm
Xalqaro savdoga oid nazariyalar oʻz tarixiga ega. Bu boradagi ilk 
iqtisodiy ta’limot XVII asrdayoq yaratilgan. Oʻrta asrlarda roʻy bergan 
Yevropadagi ulkan oʻzgarishlar, jumladan, yangi qit’alarning kashf 
etilishi, mustamlakalardagi oltin va boshqa boyliklarni egallab olishga 
intilish oʻz-oʻzini ta’minlashni targʻib etuvchi feodalizm nazariyasi 
doirasidan chiqib ketgan yangi xoʻjalik tizimi doirasida tovarlar rolini va 
davlatlarning xalqaro savdoga boʻlgan talabini asoslab bera oladigan 
yangi iqtisodiy nazariyaga boʻlgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Shunday 
nazariyalardan biri merkantilizm ta’limotidir. Merkantilizm maktabi 
XVI–XVII asrlarda faoliyat koʻrsatgan. Uning eng yirik vakillari ingliz 
iqtisodchilari Tomas Man (1571–1641) va Uilyam Staffordlar (1554–
1612) hisoblanishadi.
Merkantilistlar oʻz nazariyalarida faqat cheklangan miqdordagi 
boylikka ega boʻlgan statik qarashlarni qoʻllab-quvvatlaganlar. Shu 
sababdan biron-bir mamlakat boyligining koʻpayishi faqatgina boshqa 
mamlakatning qashshoqlashishi evaziga amalga oshishi mumkin. 
Demak, boylikning koʻpayishi qayta taqsimot evaziga amalga oshar 
ekan, har bir mamlakat mustahkam iqtisodiyotga va boshqa davlatlar 
ustidan hukmronlikni ta’minlab bera oladigan armiya, harbiy va savdo 
flotidan iborat kuchli davlat qurilmasiga ega boʻlishi zarur deb 
hisoblashgan. 
Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi va 
harbiy koloniyalar sektoriga boʻlishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning 


580 
muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatishida eng muhim guruh, deb 
hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida 
baholangan. Mamlakatning boyligi uning ixtiyorida boʻlgan oltin va 
kumush bilan belgilanligi sababli tashqi savdo maktabi mamlakat milliy 
iqtisodiyotini mustahkamlashi uchun quyidagilarga amal qilish lozim, 
deb hisoblashgan: 
­ 
tashqi savdoda musbat saldoni ta’minlash – eksportning 
importdan katta boʻlishi mamlakatning oltin zaxirasini boshqa 
mamlakatlarning oltin manbalari hisobiga oʻsishiga olib keladi. Bu, oʻz 
navbatida, ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va bandlikning oshishiga 
olib keladi;
­ 
eksportni oshirish va importni kamaytirishga qaratilgan tashqi 
savdo siyosatini yuritish – tariflar, kvotalar va boshqa dastaklar 
yordamida savdo balansining musbat savdo saldosini ta’minlash;
­ 
xomashyoning olib chiqilishini qattiq cheklash yoki taqiqlash va 
mamlakatda mavjud boʻlmagan xomashyo importidan boj undirmaslik, 
chunki bunday chora-tadbirlar mamlakat oltin zaxirasining koʻpayishi va 
tayyor mahsulotlarni past narxlar boʻyicha eksport qilish imkonini 
yaratadi; 
­ 
mustamlakalarning metropoliyadan boshqa davlatlar bilan har 
qanday savdo aloqalarini taqiqlash va mustamlakalarni xomashyo 
ta’minotchisiga aylantirish.
Merkantilistlar gʻoyasiga binoan iqtisodiy tizimda toʻliq bandlikka 
erishib boʻlmaydi. Shu sababli xorijdan keladigan qoʻshimcha oltin 
qoʻshimcha ish joylarning yaratilishiga, ishsizlik darajasining pasayishi 
va ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishiga olib keladi.
Merkantilistlar xalqaro savdo nazariyasi rivojlanishiga jiddiy ulush 
qoʻshdilar. Ular xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiy oʻsishi uchun 
ahamiyatini birinchi boʻlib chuqur tahlil qildilar va uning 
rivojlanishining muhim modellaridan birini ishlab chiqdilar. Ular 


581 
birinchi boʻlib zamonaviy iqtisodiyotda toʻlov balansi, deb ataladigan 
tushunchani ta’rifladilar.
Merkantilistlar gʻoyasining asosiy kamchiligi – bu ularni bir 
mamlakat boyishi boshqa mamlakatlarning qashshoqlashishi hisobiga 
amalga oshadi deb hisoblashganidir. Bunday gʻoyaga amal qilish jahon 
iqtisodiyotida iqtisodiy disproporsiyalarga va iqtisodiy vaziyatning 
keskinlashuviga olib keldi. Metropoliyalarning mustamlakalar hisobidan 
boyishi ularda haddan ziyod oltin massasining toʻplanishiga va shu 
orqali giper inflyatsiyaga olib keldi.
Merkantilistlarning gʻoyalari xalqaro iqtisodiyotdagi keyingi 
maktablari gʻoyalariga ilmiy yoʻnalish berdi. Merkantilistlar gʻoyalari 
1,5 asr mobaynida keng qoʻllanilgan. Buning natijasida XVIII asrda 
xalqaro savdo aloqalarda keskinliklar kuzatilgan.

Download 7,53 Mb.
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish