Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
Nazorat savollari: 
 
1. Iqtisodiy oʻsish nima? 
2. Makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari nimalardan 
iborat? 
3. Ekstensiv va intensiv iqtisodiy oʻsishning farqlari nimada, sof 
intensiv oʻsishga erishish mumkinmi? 
4. Domar modelida investitsiyalar tahlili Keyns tahliliga nisbatan 
qanday farq qiladi? 


575 
5. Domar modelining asosiy oʻzgaruvchilariga tavsif bering va 
uning mohiyatini tushuntiring? 
6. Iqtisodiy oʻsishning Xarrod modeli Domar modelidan qaysi 
jihatlariga koʻra farq qiladi? 
7. Domar modelida iqtisodiy oʻsish shartlari qanday izohlangan? 
8. Iqtisodiy oʻsishning dastlabki neoklassik modellari qachon 
yuzaga kelgan? 
9. Iqtisodiy oʻsishning Solou modeli? 
10. Kapitalning jamgʻarilishi deganda nimani tushunasiz? 
11. Qanday qilib jamgʻarmalar iqtisodiyotning oʻsish natijalariga 
olib keladi? 
 


576 
 
 
XXIX BOB. XALQARO SAVDO NAZARIYASI 
 
29.1. Xalqaro savdoning zaruriyati, rivojlanish bosqichlari va asosiy 
koʻrinishlari 
Jahon xoʻjaligi rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlaridan biri - bu 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi 
hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va 
korxonalar oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora 
chuqurlashuvi bilan izohlanadi. Ushbu holatni xalqaro mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi, xoʻjalik hayotining globallashuvi, milliy 
iqtisodiyot 
ochiqligining 
kuchayishi, 
mamlakatlarning 
iqtisodiy 
integratsiyalashuvi 
va 
hududiy 
xalqaro 
iqtisodiy 
aloqalar 
strategiyasining chuqurlashib borayotganligida koʻrish mumkin. 
Hozirgi 
zamon 
iqtisodiyotining 
ochiqlik 
darajasi 
ya’ni 
mamlakatlarning 
ixtisoslashuvi 
va 
ular 
oʻrtasida kooperatsiya 
chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar oʻz iqtisodiyotini rivojlantirish, 
iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va 
ularni amalga oshirishda bu holatlarni eʼtiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning 
kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish 
imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bogʻliq ravishda xalqaro moliya-
valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi. 
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim obyektiv sabab bilan 
izohlanadi. 
Birinchidan, bu tabiiy va xomashyo resurslarining mamlakatlar 
oʻrtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega boʻlgan yoki 
rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan oʻzini toʻliq ta’minlay 
olmaydi. Ular oʻzlarida ortiqcha boʻlgan resurslarni eksport qilishga va 
mamlakatda taqchil boʻlgan resurslarni import qilishga majburlar. 
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi 
muhim sabab shundaki, hamma mamlakatlar ham barcha turdagi 


577 
mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir 
tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar Oʻzbekistonda 
arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali 
foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va oʻzaro savdo-
sotiqni yoʻlga qoʻyadilar. Bu ikki obyektiv sabab har qanday milliy 
iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning 
ahamiyatini aniqlaydi. 
Xalqaro savdo oʻzining rivojlanish bosqichlariga ega boʻlib, har 
bir bosqich oʻz tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi: 

tashqi savdo aloqalarining lokal darajada shakllanish bosqichi – 
(VI–XIII asrlar) Oʻrta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo 
yoʻllarining vujudga kelishi; 

tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish 
bosqichi – (XII–XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining Oʻrta yer, Boltiq 
va Shimoliy dengizlarida konsentratsiyalashuvi; 

tashqi savdo aloqalari globallashuvining boshlanish bosqichi – 
(XV–XVII asrlar) Buyuk geografiya kashfiyotlari tufayli xalqaro savdo 
yoʻllarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga koʻchishi;

tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII–
XIX asrlar) sanoat toʻntarishi, Gʻarbiy 
Yevropa va AQSh 
iqtisodiyotining industirlashtirish jarayoni bilan bogʻliq; 

tashqi savdo aloqalarining militarizatsiyalashuv bosqichi – (XIX 
oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bogʻliq; 

integratsion 
bloklar 
va 
birlashmalarning 
tashqi 
savdo 
munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi – ( XX asrning oʻrtasi va 
ikkinchi qismi); 

tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy 
bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi. 
Xalqaro 
savdoning 
zamonaviy 
xususiyatlari 
quyidagilar 
hisoblanadi: 

ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida mahsulot hamda 
xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi; 

xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmogʻining 
qisqarishi; 


578 

ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida jahon eksportining tovar 
tarkibidagi ilm-fan sigʻimkorligi yuqori boʻlgan mahsulot va xizmatlar 
ulushining ortishi; 

tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining 
notekis taqsimlanishi; 

yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi; 

qator 
mamlakatlarning 
ayrim 
mahsulotlar 
importiga 
bogʻliqligining ortishi; 

tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi sodda shaklining 
turli mamlakat korxonalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari asosida 
avvaldan kelishilgan holda mahsulotni yetkazib berish shakliga oʻtilishi. 
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida 
quyidagi koʻrinishlarni oʻz ichiga oladi: 

mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilgʻi, xomashyo mahsulotlari, 
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari; 

xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari; 

transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi 
vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib 
ketdi; 

yangi ilmiy-texnik ma’lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va 
«nou-xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 
foiziga yaqini toʻgʻri keladi. 
Xalqaro 
savdo 
mahsulotlari, 
xizmatlar 
va 
fan-texnika 
ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha koʻrinishlari tashqi savdo 
operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular oʻz navbatida eksport, 
import, reeksport va reimport operatsiyalariga boʻlinadi. 
Eksport operatsiyasi 
mahsulotlarni 
chet 
mamlakatlarga 
chiqarish. 
Import operatsiyasi 
mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va 
uni mamlakatga olib kelish. 
Reeksport operatsiyasi 
avval import qilingan va qayta ishlov 


579 
berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib 
sotish. 
Reimport operatsiyasi 
avval eksport qilingan va u yerda qayta 
ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib 
olish va mamlakatga olib kelish. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish