595
pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama hamda koʻp
tomonlama
muzokaralar
asosida
mamlakatlar
tomonidan
ragʻbatlantiriladi va nazorat qilinadi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qoʻllovchi
fikrlarga aksincha
boʻlgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab oʻtilgan natijalarga
boshqa usullar bilan kamroq yoʻqotishlar hisobiga ham erishsa boʻladi
degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar
turmush darajasining
pasayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida
himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va
ular stavkasini belgilash
masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.