Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

30.3. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy 
cheklash 
Koʻpchilik hollarda eksportni davlat tomonidan ragʻbatlantirish 
tadbiri 
sifatida 
koʻpgina 
mamlakatlarda 
eksport 
subsidiyalari 
qoʻllaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga 
moʻljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu 
maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish koʻzda tutiladi. 
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qoʻllaniladi. Bularga: 
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar 
berish; 
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor 
konyunkturasi haqida tekin axborot yetkazib berish
- firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq
soliq imtiyozlarini berish; 
- bevosita subsidiyalash kiradi.
Eksport 
subsidiyalarining 
berilishi 
milliy 
ishlab 
chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo 
importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import 
bojlari bu yutuqni yoʻqqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor 
davlat byudjeti yoʻqotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa 
qoʻshimcha daromad koʻradi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash 
koʻrinishlaridan biridir.
Dempingga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng 
qoʻllanilib, oʻzida qoʻshimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, 
jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan 
past narxlar boʻyicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga oʻrnatiladi. Bu 
bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab 
chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan soʻng chiqaradi hamda uning 
miqdorini va toʻlash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi 
bojlar oʻz valyuta resurslarini toʻldirish maqsadida jahon bozoriga xom- 
ashyo resurslarini eksport qilishni koʻpaytirgan sobiq ittifoqdosh 
respublikalarga nisbatan faol qoʻllanilmoqda. 
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import 
bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritilishi 


600 
sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. 
Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol oʻsadi, ishlab chiqarish va eksport 
kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab 
chiqaruvchilar yoʻqotishga duch keladilar. Tashqi bozordagi baholarga 
nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, 
davlat esa daromadga ega boʻladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi 
boʻlib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport 
miqdorlarini cheklashdan iborat.
Bu yerda “ixtiyoriy soʻzi” shartli xarakterga ega. Chunki, eksport 
qilayotgan mamlakat savdo siyosatida oʻz hamkorlari tomonidan birorta 
noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun 
tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun 
iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik 
bildirmaydilar. 
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij 
iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx 
belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash 
sharoitida eksportyor koʻrgan yoʻqotishlarni narxlarni oshirish hisobiga 
qoplashadi. 
Savdo siyosatini amalga oshirishning koʻrib oʻtilgan usullarining har biri 
ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat 
iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi 
savdo 
liberallashtirib 
boriladi. 
Mamlakatning 
xalqaro 
savdo 
tashkilotlariga a’zo boʻlishi bu jarayonning qonuniy natijalaridan biridir. 
Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini 
yanada rivojlantirishga olib keladi.
Mamlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda mamlakatning 
boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini 
muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi hisoblangan 
tashqi savdo siyosati muhim oʻrin egallaydi.


601 
Tashqi savdo siyosati milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur 
boʻlgan mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga toʻldirishi hamda 
milliy iqtisodiyotda ortiqcha boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga 
mamlakatning jahon bozoridagi oʻrnini mustahkamlash vazifasini hal 
etadi. 
Mamlakatlar tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda savdoni 
erkinlashtirishga imkon beruvchi iqtisodiy vositalardan biri hisoblangan 
importga solinadigan bojxona bojini qoʻllaydilar va bojxona bojlari davlat 
gʻaznasini toʻldirishga imkon beruvchi fiskal funksiyani, milliy ishlab 
chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoyalash funksiyasini bajaradi. 
Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya 
qilishning muqobil vositasi ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi 
va subsidiyaning tariflardan afzalligi milliy ishlab chiqarishni oʻsishini 
ta’minlaydi, iste’molning mutloq kamayishiga olib kelmaydi. 
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash hamda kvotalash 
davlatga ular oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni 
vaqtincha chegaralash asosida tashqi iqtisodiy taqchillik oʻsishining 
toʻxtatish orqali savdo balansining tenglashtirish imkonini beradi. 
Savdo siyosatini amalga oshirishning koʻrib oʻtilgan usullarining har 
biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat 
iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi 
savdo erkinlashib boradi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish