614
yetishmasligi sharoitida valyuta kursini tegishli darajada importni
cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj yoki
import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan
mamlakat hukumati eksport uchun milliy
ishlab chiqaruvchilarga
subsidiya berib, shu orqali xorijiy valyuta taklifini koʻpaytirishi
mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga keladigan asosiy
muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi,
uning
tarkibini va savdo aloqalarini oʻzgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga
muvofiqlikning buzilishiga hissasini qoʻshadi. Buning oqibatlarini
hisobga olmaslik mumkin emas.
3. Valyuta nazorati. Boshqa muqobil
variant valyuta nazorati
hisoblanadi. Valyuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar
olgan barcha tegishli chet el valyutalarini davlatga sotish talabi bilan
ularning yetishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin, hukumat
oʻz navbatida chet el valyutasining bu zaxirasini turli milliy
importyorlar oʻrtasida taqsimlaydi. Shu yoʻl
bilan hukumat milliy
importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valyutasi miqdoriga
cheklaydi.
Valyuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan,
savdo cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valyuta
nazorati nisbiy ustunlik tamoyiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib
topgan aloqalarini buzadi.
Ikkinchidan, yetarli boʻlmagan valyuta
resurslari
ustidan
valyuta nazorati jarayoni,
soʻzsiz,
alohida
importyorlarni kamsitilishi bilan bogʻliq. Uchinchidan, nazorat tadbirlari
iste’molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi.
4. Ichki makroiqtisodiy tartibga solish. Valyuta kursi barqarorligini
ushlab turishning oxirgi vositasi ichki soliq yoki pul siyosatidan shunday
foydalanish hisoblanadiki, bunda tegishli
chet el valyutasining
yetishmasligi bartaraf qilinadi. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit
siyosati tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy
daromadiga nisbatan pasaytiradi. Chunki, import miqyosi milliy
daromad darajasiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlib, bu oʻsha boshqa
davlat buyumlariga va demak, xorijiy valyutaga talabning cheklanishiga
olib keladi.