Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

D B


E A 
B Y G 
 
32.2-chizma. Ichki muvozanatga erishish mexanizmi. 
Aytaylik E nuqtada ham ichki, ham tashqi muvozanat ta’minlansin. 
Agar davlat xarajatlari G oʻssa, daromad multiplikativ samara bilan E 
dan A ga qadar koʻpayadi. Daromad muvozanat (E) nuqtasidan ortiqcha 
talab holatiga (A) oʻsishi natijasida ortiqcha daromad inflyatsion 
bosimni yuzaga keltiradi. Ichki muvozanatni tiklash uchun talabni 
kamaytirish maqsadida foiz stavkasi R ni koʻtarish orqali pul massasini 
kamaytirish talab etiladi. 32.2-chizmada bu holat A nuqtadan D nuqtaga 
qadar siljishi koʻrinishida aks etadi. Bu nuqtada daromad resurslarning 
toʻliq bandliligiga mos keladi, ichki muvozanat esa tiklanadi. Oʻz 
navbatida, 
G va R ning ichki muvozanatni ta’minlovchi 


631 
kombinatsiyalari ijobiy egilishga ega YY egri chizigʻini yuzaga 
keltiradi. 
YY egri chizigʻidan oʻngda va quyida joylashgan nuqtalar ortiqcha 
talabni aks ettiradi. YY egri chiziqdan chapda va yuqorida joylashgan 
nuqtalar ortiqcha taklifni aks ettiradi. Bu nuqtalarda talab kamayadi va 
foiz stavkasi oʻsadi. 
32.2-chizmadan koʻrinib turibdiki, VV egri chizigʻi YY egri 
chizigʻiga nisbatan yotiqroq. VV egri chizigʻining tikligi kapital 
mobilligi bilan belgilanadi. Kapital qanchalik harakatchan boʻlsa joriy 
operatsiyalar schyotinng taqchilligini moliyalashtirish uchun zarur 
boʻlgan kapitalning oqib kelishini ragʻbatlantiruvchi foiz stavkasi R
shunchalik kam miqdorga oʻsadi. Bunda VV egri chizigʻi yotiqroq 
boʻladi. 
Kapital kamroq harakatchanligi sharoitida VV egri chizigʻi tikroq 
koʻrinishni oladi. Ammo kapitalning nisbatan kamroq mobilligi 
sharoitida ham VV egri chizigʻi YY egri chizigʻidan koʻra tikroq 
boʻlmaydi. VV egri chizigʻining tikligi kapitalning mobilligi 0 ga teng 
boʻlgan sharoitda YY egri chizigʻi tikligiga tenglashadi. Boshqa barcha 
holatlarda YY egri chizigʻi VV egri chizigʻiga nisbatan tik boʻladi. 
Shunday qilib fiskal va monetar siyosatni qoʻshib olib borish ichki 
va tashqi muvozanatni ta’minlash imkonini beradi. Navbatdagi muammo 
– fiskal va monetar siyosatning ichki va tashqi muvozanatga ta’siri 
darajasini aniqlashdir. Bu nazariy masalani yechishga Robert Mandell 
va Markus Fleming urinib koʻrishgan. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish