• Kichik ochiq iqtisodiyot
  • XXXII BOB. OCHIQ IQTISODIYOTDA MENDELL-FLEMING




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet304/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

    XXXII BOB. OCHIQ IQTISODIYOTDA MENDELL-FLEMING 
    MODELI 
     
    32.1.Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning koʻrinishlari
     
    Bundan oldingi mavzularda koʻrdikki, dunyoning hech bir 
    mamlakati tashqi iqtisodiy aloqalar va munosabatlardan uzilgan holatda 
    emas. Shu sababli toʻliq makroiqtisodiy model oʻzida ham ichki, ham 
    tashqi bozorlarda amalga oshirilayotgan operatsiyalarni mujassam etishi 
    lozim.
    Toʻliq makroiqtisodiy model-ochiq iqtisodiyot modelidir. 
    Ochiq iqtisodiyot- shunday iqtisodiyotki, u: 
    a) mamlakat ishlab chiqarayotgan tovarlari va xizmatlarining 
    ma’lum bir qismini eksport va import qilishini; 
    b) mamlakat jahon moliya bozorlarida kredit olishi va kredit 
    berishini anglatadi. 
    Agar yopiq iqtisodiyot sharoitida barcha ishlab chiqarilgan tovarlar 
    va xizmatlar ushbu mamlakat ichkarisida sotilsa va barcha xarajatlar uch 
    qismga: iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlariga boʻlinsa, ochiq 
    iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan mahsulotning sezilarli qismi chet elga 
    eksport qilinadi. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga xarajatlarga 
    toʻrtinchi unsur sifatida mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va 
    xizmatlarning eksporti (chet elliklarning mamlakatimizda ishlab 
    chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilgan xarajatlari) ham 
    kiritiladi. 
    Kichik ochiq iqtisodiyot va katta ochiq iqtisodiyot oʻzaro 
    farqlanadi. 
    Kichik 
    ochiq 
    iqtisodiyot 
    katta boʻlmagan mamlakat 
    iqtisodiyotidir. Kichik ochiq iqtisodiyot modeli kapital harakati schyoti 
    va joriy operatsiyalar schyotini oʻz ichiga oladi. Bunday iqtisodiyot
    jahon bozorida katta ulushga ega emas va jahon foiz stavkasiga amalda 
    ta’sir koʻrsata olmaydi. Kichik ochiq iqtisodiyot jamgʻarmalari va 


    627 
    investitsiyalari-jahon jamgʻarmalari va investitsiyalarining juda kichik 
    miqdorini tashkil etganligi sababli jahon moliyaviy bozorlaridagi shart-
    sharoitlarga koʻra belgilangan jahon foiz stavkasi bu iqtisodiyotda 
    belgilab berilgan (ekzogen) koʻrsatkich sifatida qabul qilinadi.

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XXXII BOB. OCHIQ IQTISODIYOTDA MENDELL-FLEMING

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish