628
Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valyuta
kursi sharoitida toʻlov balansining nolga teng qoldigʻini ta’minlab
turilishni anglatadi. Alohida holatlarda bu muammo ikki oʻzaro
mustaqil qismga boʻlinadi:
a) joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab
turish;
b) valyuta zaxiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish.
Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil:
byudjet-soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul
sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib koʻrsatiladi.
Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi
(mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining
ichki foiz stavkasining
jahon foiz stavkasiga nisbatan oʻzgarishiga javoban keskinlashuvi)
sababli murakkablashadi.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va
valyuta bozorlarining amal qilishiga taalluqlidir.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga
solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va
tashqi oʻzgaruvchilarning bir-biriga oʻzaro ta’sirini va qayta ta’sirini
koʻzda tutishni talab etadi.
Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat
tahlili Mandell-Fleming
modeliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda
iqtisodiyotni muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq
iqtisodiyot uchun IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli
hisoblanadi. Ikkala model ham baholarning oʻzgarmasligini nazarda
tutadi va yalpi talab hajmining oʻzgarishi sabablarini tushuntiradi. Ular
oʻrtasidagi
asosiy farq shundaki, IS-LM modeli-yopiq iqtisodiyot
modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli
ekanligidadir.
Ichki va tashqi muvozanat muammosi, koʻpincha, IS-LM
modelining modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- VV
egri chizigʻi qoʻshilib tahlil qilinadi. VV egri chizigʻi toʻlov balansining
muvozanatli darajasini tasvirlaydi. Model
ham qayd qilingan, ham erkin
629
suzib yuruvchi valyuta kursi rejimlari uchun va kapital mobilligining
turli darajalariga moslab tuziladi.
Bir vaqtning oʻzida ichki va tashqi muvozanatga erishish
muammosini quyidagi yondashuv asosida koʻrib chiqamiz (20.1.
chizma).
R