642
XXXIII BOB. DAVLATNING BARQARORLASHTIRISH
SIYOSATI
33.1. Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari
Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari haqida ba’zi
iqtisodchilar,
William McChesney Martin kabi, nobarqarorlikni
iqtisodiyotga xos boʻlgan xususiyat deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiyot
doimo yalpi talab va yalpi taklif sohasida toʻsatdan shoklarga duch
keladi
deb
ta’kidlaydilar.
Iqtisodiyotni
barqarorlashtirishga
yoʻnaltirilgan pul va byudjet-soliq siyosati oʻtkazilmasa, bu shoklar
ishlab chiqarish hajmlarida istalmagan va samarasiz
tebranishlarga olib
kelishi, ishsizlik va inflyatsiya muammolarini kuchaytirishi mumkin.
Hammaga tanish boʻlgan fikrga koʻra, makroiqtisodiy siyosat
“shamolga qarshi yurishi”, ya’ni turgʻunlik sharoitida iqtisodiyotni
ragʻbatlantirib va “qizib ketganda” uning oʻsishini sekinlashtirishi lozim.
Hukumat siyosatchilari biznes sikliga qanday munosabatda
boʻlishlari lozim?
Milton Fridmanga oʻxshagan boshqa iqtisodchilar iqtisodiyot
tabiatan barqaror deb hisoblashadi. Vaqti-vaqti
bilan unda yuzaga
keladigan kuchli va xatarli tebranishlar uchun javobgarlikni ular
notoʻgʻri iqtisodiy siyosat zimmasiga yuklaydilar. Ular iqtisodiyotni
maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlar yordamida “nozik sozlash”ni
ta’minlashga harakat qilish kerakmasligini isbotlaydilar. Aksincha,
iqtisodiy siyosatchilar imkoniyatlari cheklanganligini hisobga olib, zarar
yetkazishmaganidan xursand boʻlish kerakligini uqtiradilar.
Oʻn yillar mobaynida bu masala boʻyicha munozaralarga oʻz
nuqtayi nazarlarini asoslash uchun turli dalillarni ilgari surgan koʻplab
qatnashchilar jalb etildilar. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda
iqtisodning tebranishlar nazariyasini qoʻllash
haqidagi masala bu
munozaralar diqqat markazida boʻldi.
643
Usbu bobda ikkita munozarali masalani muhokama qilamiz.
Birinchisi: iqtisodiyotni barqarorlashtirishda monetar va fiskal siyosat
faol rol oʻynashi kerakmi yoki ularning roli joriy davrdagi iqtisodiy
tebranishlarga moslashishdan iborat boʻlishi lozimmi? Ikkinchisi:
iqtisodiy siyosat muayyan yoʻldan chiqmaslikka harakat qilishi lozimmi
yoki siyosat namoyandalari oʻzlarining shaxsiy qarashlariga koʻra
iqtisodiy sharoitlar oʻzgarishini tezlik bilan inobatga olishlari lozimmi?
Federal hukumatning siyosatchilari iqtisodni barqarorlashtirishni
oʻzlarining
asosiy
majburiyatlaridan
biri
deb
hisoblashadi.
Makroiqtisodiy siyosatni tahlil qilish iqtisodiy maslahat kengashi,
Kongress
byudjet idorasi, Federal zaxira tizimi va boshqa davlat
tashkilotlarining har kunlik majburiyatlariga kiradi. Oldingi boblarda
koʻrganimizdek, monetar va fiskal siyosat jami talabga, va shu asnoda,
inflyatsiya va ishsizlikka kuchli taʼsir qilishi mumkin.
Qachonki
Kengash yoki prezident fiskal siyosatda yoki Federal zaxira tizimi
monetar siyosatda katta oʻzgarishlar amalga oshirishmoqchi boʻlsa,
avvalambor, oʻzgarishlarni muhokama qilishda koʻzda tutilayotgan
chora-tadbirlar inflyatsiya va ishsizlikka qanday ta’sir koʻrsatishi hamda
yalpi talabni oshirish yoki qisqartirish zarurligi haqidagi masala diqqat
markazida boʻladi. Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatlarini ishlab
chiqish va oʻtkazish hukumatning an’anaviy vazifalari boʻlishiga
qaramay, uni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini
amalga oshirishga
majburligi haqidagi fikrni yuzaga kelganligiga unchalik koʻp boʻlmadi.
Hukumat makroiqtisodiy vaziyat uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga
olganligining birinchi dalili 1946-yilda qabul qilingan bandlik
toʻgʻrisidagi qonun boʻldi. Unda “Federal hukumat toʻliq bandlik va
ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashni ta’minlashga yoʻnaltirilgan
siyosatni doimo oʻtkazishga majbur”ligi haqida gapirilgan. Bu qonun
qabul qilingan vaqtda Buyuk depressiya haqidagi oʻy-hayollar hali yangi
edi.
Masalani aktiv davlat siyosati foydasiga hal etish koʻplab
iqtisodchilarga oddiy va tushunarli boʻlib koʻrinadi.
Pasayish davrlari
uchun ishsizlikning yuqori darajasi, daromadlar va aholi farovonligining
past darajasiga xosdir. Yalpi talab va yalpi taklif modeli qanday qilib
644
toʻsatdan boʻladigan shoklar iqtisodiy pasayishlarni yuzaga keltirishini
koʻrsatadi. U shuningdek, qanday qilib monetar va fiskal siyosat bunday
shoklarga tezda ta’sir etib iqtisodiy pasayishlarni oldini olishi
mumkinligini koʻrsatadi.
Boshqa iqtisodchilar hukumatni iqtisodiyotni barqarorlashtirishga
intilishlariga
tanqidiy
yondashadilar.
Bu
tanqidchilar
davlat
makroiqtisodiy siyosatdan chetda turishi lozim deb hisoblaydilar.
Birinchi qarashda bunday nuqtayi nazar gʻalati tuyulishi mumkin.