635
32.6-chizmada LM egri chizigʻi gorizontal liniya
bilan belgilangan
jahon foiz stavkasi r* ga teng boʻlgan holatda aks ettirilgan. Bu egri
chiziqlar birgalikda almashinuv kursiga bogʻliq boʻlmagan
daromad
darajasini aniqlab beradi.
32.7-chizmada LM* egri chizigʻi qanday qilib vertikal liniya
koʻrinishini olishi aks ettirilgan.
e LM*
Y
Daromad, ishlab chiqarish
32.7-chizma.
LM* egri chizigʻining vertikal liniya koʻrinishi.
Y-e modeli almashinuv kursi darajasi
iqtisodiy siyosatga qanday
ta’sir etishini koʻrsatadi.
Mandell-Fleming modelini tahlil qilish kichik ochiq iqtisodiyotda
davlatning har qanday iqtisodiy siyosati
natijasi qayd qilingan va
suzib yuruvchi valyuta kursiga bogʻliq degan xulosaga olib keladi.
Masalan, suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida daromadga faqat pul-
kredit siyosati ta’sir koʻrsatadi. Ayni paytda ragʻbatlantiruvchi byudjet-
soliq siyosatining ta’siri, valyuta kursining koʻtarilishi sababli, nolga
teng boʻladi.
Qayd qilingan valyuta kursi sharoitida
daromadga faqat byudjet-
soliq siyosati ta’sir koʻrsatadi. Bunday sharoitda pul-kredit siyosati
daromadlarga deyarli ta’sir koʻrsatmaydi,
chunki Markaziy Bankning
pul taklifini oʻzgartirishdan maqsadi almashinuv kursini belgilangan
darajada saqlab turishdan iborat boʻladi.
Bu oʻzgartirish ichki iqtisodiy siyosat maqsadlariga toʻgʻri kelish-
kelmasligi e’tiborga olinmaydi.