Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
33.3. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va 
liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari 
 
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori 
iqtisodiy oʻsish sur’atlarini saqlab qolish: 
- makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʻrta 
muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional oʻzgarishlarni 
chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori 
oʻsish sur’atlarini ta’minlash; 


648 
- xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganini saqlab qolgan holda 
Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, 
mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan 
byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; 
- soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini 
soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini 
takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarni kengaytirish; 
- ilgʻor xalqaro tajribada qoʻllaniladigan instrumentlardan 
foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, 
shuningdek, 
valyutani 
tartibga 
solishda 
zamonaviy 
bozor 
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning 
barqarorligini ta’minlash; 
- bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini 
ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini 
oshirish, 
ularning 
moliyaviy 
barqarorligi 
va 
ishonchliligini 
mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; 
- sugʻurta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini 
ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga 
kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, 
moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi 
muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; 
- xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, 
yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni 
kengaytirish, puxta oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni 
davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali 
foydalanish. 
Tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning 
yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga 
uning raqobatbardoshligini oshirish: 

milliy 
iqtisodiyotning 
mutanosibligi 
va barqarorligini 
ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat koʻrsatish sohasi, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini koʻpaytirish; 


649 
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va 
ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol 
investitsiya siyosatini olib borish; 
- yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo
mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori 
qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal 
rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish 
orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; 
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni 
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani 
bosqichma-bosqich kamaytirish; 
- prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini 
oʻzlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning 
raqobatbardoshligini ta’minlash; 
- ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ragʻbatlantirish siyosatini 
davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi 
buyumlar 
importining 
oʻrnini 
bosish, 
tarmoqlararo 
sanoat 
kooperatsiyasini kengaytirish; 
- iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab 
chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta 
tiklanadigan 
energiya 
manbalaridan 
foydalanishni 
kengaytirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; 
- faoliyat koʻrsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va 
kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; 
- xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki 
mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning oʻrni va ulushini oshirish, 
koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy 
yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʻzgartirish; 
- turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli 
va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini 
yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; 


650 
- eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport 
tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari 
va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; 
- yoʻl-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, 
ijtimoiy 
soha, 
boshqaruv 
tizimiga 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish. 
Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: 
- tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xoʻjaligi 
ishlab 
chiqarishini 
izchil 
rivojlantirish, 
mamlakat 
oziq-ovqat 
xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab 
chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli 
darajada oshirish; 
- paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, 
boʻshagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yogʻ olinadigan 
ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bogʻ va uzumzorlarni 
joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; 
- fermer xoʻjaliklari, eng avvalo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, 
sotish, qurilish ishlari va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan 
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va rivojlantirish 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim 
tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab 
chiqarish boʻyicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar 
bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini 
rekonstruksiya 
va 
modernizatsiya 
qilish 
boʻyicha 
investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish; 
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, 
agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari koʻrsatish 
infratuzilmasini yanada kengaytirish; 
- sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, 
melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq 
xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va 


651 
resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, 
unumdorligi yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish; 
- kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va 
ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi 
seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini 
yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot 
ishlarini kengaytirish; 
- global iqlim oʻzgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq 
xoʻjaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini 
yumshatish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish. 
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk 
huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga 
qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 
- xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni 
ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yoʻlidagi barcha 
toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, unga toʻliq erkinlik berish, «Agar 
xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va kuchli boʻladi» degan tamoyilni 
amalga oshirish; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun 
qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining 
faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari 
tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish; 
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning 
tartib-taomillarini soddalashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 
ustav jamgʻarmalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki 
xususiylashtirilgan 
obyektlar 
bazasida 
xususiy 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
- investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti 
tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy 
investitsiyalarni faol jalb qilish; 
- korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy 
etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini 
kuchaytirish; 


652 
- tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi 
boʻyicha 
tartib-taomil 
va 
mexanizmlarni 
takomillashtirish 
va 
soddalashtirish; 
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini 
tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi 
tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-
xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va 
joylardagi oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining rolini oshirish. 
Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va 
optimal foydalanish: 
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush 
darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, 
mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turistik va mehnat 
salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash; 
- hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish 
koʻlamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past boʻlgan tuman 
va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yoʻli 
bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish; 
- yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, 
kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xoʻjalik birlashmalarining 
mablagʻlarini, 
banklarning 
kreditlarini 
va 
xususiy 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni 
jadal rivojlantirish; 
- sanoat va xizmatlar koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish 
hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va 
mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish; 
- sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini 
joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni 
keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash 
maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va 
ijtimoiy 
infratuzilma 
tarmoqlarini 
yanada 
rivojlantirish 
va 
modernizatsiya qilish. 


653 

Download 7,53 Mb.
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish