|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti Pdf ko'rish
|
bet | 323/342 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 7,53 Mb. | | #118127 |
Bog'liq MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)energiyasi, gaz, suv va hokazo), er (land).
Ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
bilan shu mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab chiqarish
omillari miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi funksiya.
Ishlab chiqarish shartnomalari chizigʻi – resurslarni Pareto
samarali joylashtirish chizigʻi boʻlib, bunda quyidagi shart bajariladi:
Ishlab chiqaruvchi muvozanati yoki maksimal mahsulot ishlab
chiqarish uchun optimal sarflanadigan mehnat va kapital miqdorini
aniqlash sharti - ishlab chiqarishning shuday holatiki bunda har qanday
omil uchun sarflangan bir birlik pul miqdori bir xil miqdordagi mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutugʻi) – tovarlarnig haqiqiy
narxlaridan chekli (bir birlik qoʻshimcha tovar ishlab chiqarishga
ketgan) xarajatlarni ayirmalari yigʻindisiga teng.
Ishchining
nafliligini
maksimallashtirish
sharti
(utility
maximization rule) – boʻsh vaqtni daromad bilan chekli almashtirish
normasini ish haqiga tengligi
W
MRS
HR
.
Kapital – uzoq muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish uchun
foydalaniladigan resurs.
Kapitalni mehnat bilan chekli texnologik almashtirish normasi ikkala
ishlab chiqariladigan A va V tovarlar uchun bir xil boʻlib, ular mehnat
narxini kapital narxi nisbatiga teng.
Kasaba uyushmasi - bu ishchilar uyushmasi boʻlib, u oʻzining
a’zolari nomidan va koʻrsatmasiga koʻra tadbirkorlar bilan muzokara
olib borish huquqiga ega tashkilot.
Kvazioptimum – Pareto-samarali hajmida tovar ishlab chiqarish
mumkin boʻlmaganda ishlab chiqarish mumkin boʻlgan variantlardan
eng yaxshisini tanlash (optimalga yaqin).
Koldora-Xiks mezoni – turmush farovonligi mezoni boʻlib, unga
koʻra yutganlar oʻz yutugʻini boy berganlarning yoʻqotishidan yuqori
deb narxlasa.
|
| |