661
birgalikda oʻynaydi (iqtisodiyotda kooperativ oʻyinga misol sifatida
karterni qarash mumkin).
Kurno muvozanati – duopolik bozorda har bir firma mustaqil
ravishda shunday optimal ishlab chiqarish
hajmini tanlaydiki ushbu
mahsulot hajmi ikkinchi firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati
firmalarning aks ta’sir qiluvchi funksiyalari
grafiklarining kesishish
nuqtasida vujudga keladi.
Kutiladigan qiymat (matematik kutilish) -
n
i
i
i
X
P
E
1
(x)
Lorents chizigʻi – biror bir koʻrsatkichni taqsimlanish darajasini
ifodalovchi egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorens (1876-
1944) tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun
ishlab chiqilgan. Aholidan daromad soligʻi olinib,
ularga transfert
berilgandan keyin Lorens chizigʻining botiqligi kamayadi.
Masshtab samarasi – bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi
surati bilan mahsulot ishlab chiqarishni oʻsish surati oʻrtasidagi
bogʻliqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar
miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi.
Ma’naviy tavakkalchilik – yoʻqotishlar sugʻurta kompaniyasi
tomonidan toʻliq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga kelishi
mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ehtimolini
ongli ravishda oshirib
koʻrsatishga intiluvchi shaxsning xatti-harakati.
Mehnat
bozorida
monopsoniya
– bu mukammallashgan
raqobatdagi mehnat bozorining alohida bir chetki koʻrinishi boʻlib,
bunda biror kichik shahardagi yagona firma mahalliy aholining koʻp
qismini ish bilan ta’minlaydi.