663
Ob’ektiv (matematik) ehtimol – voqea va hodisalar jarayonida
takrorlanishlarni hisob-kitob qilishga asoslangan ehtimol.
Oraliq kesma- Ishlab chiqarish real hajmining oʻsishi
narxlar
darajasining
oʻsishiga mos ravishda oʻsib boradi. Chunki,
iqtisodiyotning pasayish holatidan toʻliq bandlikka oʻtishi noteks va turli
vaziyatlarda roʻy beradi. Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning
yetishmasligiga
duch kelinsa, boshqa tarmoqlarda hozircha ortiqcha
resurslar mavjud boʻladi.
Shuningdek, ular ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar
sotib olish va malakasiz
mutaxassislardan foydalanishiga toʻgʻri keladi. Bu esa mahsulotlar
birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga
va natijada baholar
darajasining oʻsishiga olib keladi.
Oliy kategoriyali tovar – daromad oshganda
talab oshib ketadigan
tovarlar.
Pareto optimum (Pareto samaradorlik) – ne’matlarni shunday
taqsimlanishiki,
bunda
biror
kishining
turmush
farovonligini
pasaytirmasdan boshqa kishining turmush
farovonligini oshirib
boʻlmaydi.