|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti Pdf ko'rish
|
bet | 319/342 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 7,53 Mb. | | #118127 |
Bog'liq MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)Diversifikatsiya – tavakkalchilikni pasaytirish usuli boʻlib bunda
tavakkalchilik
(yoʻqotishlar)
bir
qator
tovarlarga
shunday
taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib olishdan tavakkalchilikning
ortishi boshqa tovarni sotib olishdagi tavakkalchilikning pasayishini
bildiradi. Masalan, 2 ta mahsulotga boʻlgan talabni bir vaqtda kamayib
ketish ehtimolidan ulardan bittasiga talabni kamayib ketish ehtimoli
yuqori.
Diskontlash – qiymatlarni (daromadni, xarajatni, kapitalni)
boshlangʻich yilga yoki oxirgi yilga keltirish.
Dispersiya – kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning oʻrtacha
kvadratik chetlanishi:
Differensial renta –
boshqa resurslarga
nisbatan
yuqori
unumdorlikka ega boʻlgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta.
Davlat byudjeti – Davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat
maqsadli fondlari mablagʻlarining) markazlashtirilgan fondi boʻlib, unda
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek,
moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar
sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi
Davlat qarzi - Davlat tomonidan ichki mablagʻni va xorijdan
mablagʻ jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi
majburiyatlarining yigʻindisi
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi – Davlat byudjeti
tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlari boʻlib, u
taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlash uchun
foydalaniladi.
Byudjet tizimi – Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablagʻlari
oluvchilar yigʻindisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini
ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek, byudjetlar
hamda byudjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan
oʻzaro munosabatlar majmuidir.
|
| |