Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

33.2. Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari 
Agar siyosatning ta’sirlari natijasi kutishga majbur qilmasa,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish oson boʻlardi. Siyosatni barpo qilish 
mashina haydash kabi boʻladi: iqtisodiyotni kerakli yoʻlda saqlab qolish 
uni asboblar orqali rostlash demakdir. Iqtisodiy siyosatni yuritish katta 
kemada yoʻl koʻrsatishga qaraganda koʻproq mashina boshqarishga 
oʻxshaydi. Mashina yoʻnalishini oʻzgartirishda rul burilgandan keyin 
deyarli zudlik bilan yoʻnalish oʻzgaradi. Aksincha, kemani yoʻnalishini 
oʻzgartirish uchun kapitan rulini rostlaydi, keyin yelkanni tiklab 
oʻzgartiradi va uzoq vaqt davomida aylantirishni davom ettiradi. Agar 
kema haydovchisi endi ish oʻrgangan boʻlsa, aylantirish davomida 
qarama-qarshi tomonga kema yoʻnalishini oʻzgartirguncha katta-kichik 
xatolarga yoʻl qoʻyiladi.
Kema boshqaruvchisiga oʻxshab iqtisodiy siyosatni amalga 
oshiruvchilar uzoq kechikishlar natijasida muammolarga duch keladi.
Albatta siyosatchilar uchun muammolar qiyinroq kechadi. Chunki
uzoq va oʻzgaruvchan muddatli davrda monetar va fiskal siyosat
yuritishni bashorat qilish oson ish emas.
Iqtisodchilar iqtisodiy siyosatga olib boruvchi ikki muhim vaqt 
oraligʻini ajratadilar: ichki va tashqi. Ichki oraliq – bu iqtisodiy larza 
yuzaga kelgan vaqt bilan bunga javoban iqtisodiy siyosat chora-
tadbirlarini qabul qilish vaqti oʻrtasidagi vaqt oraligʻi boʻlib, inqiroz yuz 
berganligini va unga muvofiq chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etishni his 
qilish uchun qandaydir vaqt zarur boʻlganligi uchun ham yuzaga keladi. 


645 
Tashqi oraliq – bu iqtisodiy siyosatning u yoki bu chora-tadbirlari qabul 
qilingan vaqt bilan bu chora-tadbirlar oʻz natijalarini bera boshlagan 
vaqt oʻrtasidagi oraligʻidir. U bu chora-tadbirlar xarajatlar, daromadlar 
va bandlik darajalarini birdaniga oʻzgarishga olib kelmasligi sababli 
yuzaga keladi.Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda fiskal siyosatni amalga 
oshirish 
uzoq 
davom 
etadigan 
ichki 
oraliqlarning 
markaziy 
muammosidir. Ayniqsa bu holat AQSh uchun haqiqat, chunki byudjet 
xarajatlari yoki soliqlarni qayta koʻrib chiqish uchun odatda prezident va 
Kongressning ikkala palatasi roziligiga erishish zarur. Qonunni qabul 
qilish jarayoni sekin va murakkab boʻlib, koʻpincha kechikishlarga olib 
keladi, bu esa iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun fiskal siyosatning 
mujmal vositasi hisoblanadi. Bu ichki oraliqlar, Buyuk Britaniya kabi 
parlament tizimidagi mamlakatlarda kechikishlar qisqaroq boʻladi, 
chunki koʻpincha siyosatni muntazam oʻzgartirishda hokimiyat 
tepasidagi partiya amalga oshirishi mumkin.
Barqarorlashtirish siyosatining “avtomatik stabilizatorlar” deb 
ataluvchi ba’zi chora-tadbirlari shu oraliqlarni qisqartirish uchun maxsus 
oʻylab topilgan. Ular siyosiy yoʻnalishni maxsus oʻzgartirishlarsiz 
iqtisodiy oʻsishni toʻxtatish yoki ragʻbatlantirishga imkon beradi. 
Bunday stabilizatorlarning daromad soliqlari tizimi misol hisoblanadi 
yaʼni: iqtisodiy pasayish davrida fuqarolar va korporatsiyalar 
daromadlarining qisqarishiga qarab soliq qonunchiligiga qandaydir 
maxsus oʻzgartirishlarsiz soliqlar avtomatik ravishda kamayadi. Xuddi 
shunday tarzda ishsizlik boʻyicha ijtimoiy tolovlar tizimida ham 
iqtisodiy pasayish oqibatida ishsizlikni oʻsishi toʻlovlarni avtomatik 
koʻpayishiga olib keladi, chunki koʻproq odamlar nafaqa olish uchun 
arizalar bilan murojaat qilishadi. Bu avtomatik stabilizatortlar ichki 
oraliqlarga bogʻliq boʻlmagan fiskal siyosatning turini oʻzida aks 
ettiradi. 
Bashoratlashdagi xatolar, “Ozroq yogʻingarchilik, oʻzgaruvchan 
bulutlilik va oʻrtacha shamollar”. Bu ob-havo bashorati 1987-yil 14-
oktyabrda Britaniyaning mashhur ob-havo xizmati tomonidan taqdim 
qilingan. Ertasi kuni Britaniyada oxirgi ikki asrdagi eng kuchli boʻron 
boʻlgan.


646 
Ob-havo maʼlumotlarini bashoratlash kabi iqtisodiy bashoratlar 
ham xususiy va ommaviy qaror qabul qilishning muhim asosidir. 
Biznes rahbarlari bashoratlarga tayanib, qancha ishlab chiqarish kerak, 
zavodga va uskunalarga qancha investitsiya tikish kerakligi boyicha 
qaror qabul qiladi. Hukumat siyosatchilari iqtisodiy siyosatni 
bashoratlarga 
asoslanib 
ishlab 
chiqadilar. 
Afsuski, 
ob-havo 
bashoratlariga oʻxshab, iqtisodiy bashoratlar ham kamdan-kam toʻgʻri 
chiqadi.
AQSh iqtisodiyotining tarixida eng ogʻir pasayish 1930-yillardagi 
Buyuk Depressiya boʻlib, iqtisodiy bashoratchilar uchun butunlay 
kutilmagan hodisa boʻldi. 1929-yildagi fond bozorining qulashidan 
keyin ham, ular iqtisodiyot qiyinchiliklarsiz oʻzini oʻnglay oladi deb 
ishontirishgan edi. 1931-yilning oxirida iqtisodiyot oʻzining eng past 
nuqtasiga yetganida, taniqli iqtisodchi Irving Fisher, iqtisodiyot tez 
qayta iziga tushadi deb bashorat qilgan. Keyingi voqealar koʻrsatishicha 
bu bashoratlar juda ham optimistik boʻlganishsizlik darajasi 1933-yilga 
qadar oʻsishni davom etdi va u oʻn yillikni oxirigacha ham yuqori 
surʼatlarda saqlanib qoldi
14

Ikkinchi mavzu iqtisodchilar oʻrtasida muhokama qilinganda 
iqtisodiy siyosat qonun-qoida tomonidan yoki mulohazakorlik bilan 
boshqarilishi lozim. Siyosat qonun qoida tomonidan boshqarilsa 
siyosatchilar oldindan qay darajada siyosatni turli vaziyatlarga javob
berishini va oʻzlarini oʻsha mulohaza orqali borishini ta’kidlaydi. 
Siyosat mulohazakorlik bilan olib borilsa siyosatchilar voqealarni hajmi 
ular zarur deb hisoblangan siyosatni tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar.
Qoidalarga va mulohazalarga bogʻliq bahslar faol siyosatning 
passiv nisbatlari ustidan munozara qiladi. Siyosat qonun-qoida bilan 
boshqarilganda aktiv yoki passiv misol uchun passiv siyosat qonun 
qoidasida barqaror oʻsishni yiliga 3 foiz pul talabini ajratish orqali 
koʻrishimiz mumkin. Foal siyosat qoidasi boʻlishi uchun
14
Kathryn M. Dominguez, Ray C. Fair,va Matthew D. Shapiro, “Depressiyani prognoz qilish: Harvard Yalega qarshi”, Amerika 
iqtisodiy tahriri 78 (1988 sentabr): 595-612. Bu maqola shuni ko’rsatadiki, buyuk depressiya davrida iqtisodiy bashoratlash 
qanday yomon amalga oshirilganini korishimiz mumkin va bu ular hozirgiday bashoratlashni amalga oshira olishmaganini 
bildiradi.


647 
Pulning oʻsishi = 3%+(ishsizlik darajasi -6%) 
Bu qoidaga koʻra pul massasi 3% ga oʻsadi, ishsizlik darajasi 6% 
boʻladi, ammo har bir foiz ishsizlik darajasi bilan pul bazasi oʻsishi 6% 
koʻproqdir. Bu qoida iqtisodiyotda pul massasini oʻsishini kuchaytirish 
orqali, qachonki iqtisodiyotda turgʻunlik boʻlganda barqaror holatga 
erishtirishga harakat qiladi. 
Monetar siyosat sababli agar Federal zaxira nol foiz inflyatsiya 
siyosatini sodir etsa, katta ishsizlik darajasisiz kamroq inflyatsiya 
vujudga keladi, yaʼni:
▪ 
investitsiyani kuchaytirish hukumat kapitaldan daromad soligʻi 
boʻlmaganligini eʼlon qiladi. Ammo fabrikalar qurilgandan keyin 
hukumat oʻzining soliq daromadlarini kuchaytrishni vaʼda berganligiga 
ishontiradi; 
▪ 
qayta oʻrganib chiqishni kuchaytirishda hukumat muntazam 
kompaniyalarga yangi dori-darmon ishlab chiqarish uchun monopoliya 
berganligini eʼlon qiladi, ammo bitta dori yaratilgandan keyin hukumat 
patentni bekor qilishga yoki dorini narxini pasaytirishga koʻndiradi;
▪ 
yaxshi xatti-harakatni ragʻbatlantirishda ota-ona farzandi qonun 
qoidani buzganda uni jazolash kerakligini eʼlon qiladi, bola tartib-
qoidani buzmaganda esa ota-ona uni kechirishligini aytadi, chunki oʻzini 
bolasini jazolash ota-ona uchun ogʻir hisoblanadi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish