Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi




Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/104
Sana14.12.2023
Hajmi2,24 Mb.
#118227
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104
Bog'liq
Informatika fanini uqitish metodikasi

Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi. Nazorat turlari, uni o‗tkazish 
tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan universitet (fakultet) o‗quv-uslubiy 
kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‗quv 
dasturida mashg‗ulot turlari bilan birgalikda ko‗rsatiladi. 
Fan bo‗yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir 
nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazoratlarining 
saralash ballari haqidagi ma‘lumotlar fan bo‗yicha birinchi mashg‗ulotda talabalarga 
e‘lon qilinadi. 
Fan bo‗yicha talabalarning bilim saviyasi va o‗zlashtirish darajasining Davlat 
ta‘lim standartlariga muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat turlari 
o‗tkaziladi: 
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‗yicha bilim va amaliy 
ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan 
kelib chiqqan holda ma‘ruza va tajriba mashg‗ulotlarda og‗zaki so‗rov, test o‗tkazish, 
suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa 
shakllarda o‗tkazilishi mumkin; 
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‗quv dasturining tegishli (fanning 
bir necha mavzularini o‗z ichiga olgan) bo‗limi tugallangandan keyin talabaning nazariy 
bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir 
semestrda bir marta o‗tkaziladi va shakli (yozma, og‗zaki, test, taqdimot tayyorlash va 
himoya qilish va h.k.) o‗quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan 
holda belgilanadi. ON o‗tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya 
ishtirokida muntazam ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan 
hollarda ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‗tkaziladi; 
yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‗yicha nazariy 
bilim va amaliy ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish darajasini baholash 
usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma, 
og‗zaki yoki test shakllarida o‗tkaziladi. 
Oliy ta‘lim muassasasi rahbarining buyrug‗i bilan o‗quv-uslubiy boshqarma 
hamda monitoring va ichki nazorat bo‗limi xodimlari tarkibida tuzilgan komissiya 
ishtirokida YaNni o‗tkazish jarayoni muntazam ravishda o‗rganib boriladi va uni 
72
http://www.tsue.uz 


135 
o‗tkazish tartibi buzilgan hollarda YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday 
hollarda YaN qayta o‗tkaziladi. 

Download 2,24 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   104




Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nazorat turlari va uni amalga oshirish tartibi

Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish