130
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:
1. barcha talabalarni jalb etish;
2. dastur materiallarini to‗la qamrab olish;
3. talabalarga tabaqali yondashish;
4. talabalar bilimini adolatli baholash;
5. muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish,
ularni o‗z ustida tinimsiz ishlash, o‗qish, o‗rganishga undaydi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga zamon talabidan kelib chiqqan
holda yondashish talab etiladi.
Hozirgi paytda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash,
uning barcha
tamoyillarini nazarda tutgan holda ta‘lim tizimidagi mamlakatimiz va chet el
pedagoglari tajribasi asosida ishlab chiqilgan reyting ( ing. Rating–individual son,
miqdor ko‗rsatkichi ma‘nosida ishlatiladi) tizimi qo‗llanilmoqda.
Reyting, birinchidan, talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash
jarayonini xarakterlovchi tizim. Ikkinchidan, talabaning olgan bilimini o‗zlashtirish
darajasi, bahosini ifodalashning usuli.
«Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi
to‗g‗risida muvaqqat Nizomi
67
» bo‗yicha reyting tizimini qo‗llash orqali talabalarni
o‗qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondashish,
adabiyotlar ustida muntazam ishlash, darslarga faol qatnashishlarini ta‘minlash
bo‗lsa, ikkinchi tomondan, professoro‗qituvchilarni ma‘ruza, amaliy mashg‗ulotlarga
puxta tayyorgarlik ko‗rish, dars o‗tishning turli-tuman uslublarini qo‗llash,
talabalar
bilimini nazorat qilish va baholashda mas‘uliyatlarini oshirishdir. Bularning barchasi
esa raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishga qaratilgan.
Talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirishini baholash semestr, o‗quv yili davomida
muntazam ravishda olib boriladi.
Talabaning har bir fan bo‗yicha o‗zlashtirishi, baholashning quyidagi turlari
orqali amalga oshiriladi
68
:
joriy baholash ( JB )
oraliq baholash ( OB )
yakuniy baholash ( YaB )
Joriy baholashda fanning har bir mavzusi bo‗yicha talabaning o‗zlashtirishi
aniqlab, baholab boriladi. U odatda seminar darslari, amaliy mashg‗ulotlar,
laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi.
Oraliq baholash semestr, o‗quv yili davomida
fanning bir necha mavzusi,
qismi, bo‗limi bo‗yicha nazariy mashg‗ulotlar o‗tib bo‗lingandan so‗ng o‗tkaziladi.
Unda muayyan savol, muammo test, masalamashq va boshqalar yordamida
talabaning mavzuni o‗zlashtirish darajasi,
qobiliyati, mahorati aniqlanadi va
baholanadi.
Yakuniy baholashda, fanning semestr yoki o‗quv yili davomida o‗tilgan hajmi
doirasida talabaning fanni o‗zlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga
67
www.http//:Lex.uz
68
http://www.tsue.uz
131
ajratilgan ballar miqdori, o‗quv rejasida fanga semestr yoki o‗quv yili uchun
ajratilgan soatning 15 foizi miqdorida belgilanadi
69
.
Fan bo‗yicha JB va OB turlarida talaba to‗plashi mumkin bo‗lgan
maksimal
reyting ballning miqdori, o‗quv rejasida fanga semestr yoki o‗quv yili uchun
ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida belgilanadi. Talaba o‗rganayotgan fani
bo‗yicha maksimal ballning kamida 55 foizini to‗plagan bo‗lishi kerak. Undan kam
ball to‗plagan talabaning fanni o‗zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi
70
.
Semestr davomida fanlar bo‗yicha to‗plangan ballar maksimal ballning:
86 – 100 foizini tashkil etsa, ―a‘lo‖;
71 – 85 foizini tashkil etsa, ―yaxshi‖;
56 – 70 foizini tashkil etsa, ―qoniqarli‖;
55 foizdan kam bo‗lsa ―qoniqarsiz‖ baholanadi.