132
talab qiladi. Shuning uchun keyingi paytlarda o‗qituvchilar ko‗proq tayyor test
savollaridan foydalanishmoqda.
Testning yana bir kamchiligi, tavakkal qilib javob topishning mumkinligidir.
Iqtisodiy fanlar, ma‘lumki, mantiqiy fikrlashga o‗rgatibgina qolmay, o‗z fikrini
atrofdagilarga tushuntirish, o‗rtoqlashish, nutq so‗zlash,
ilmiy munozaralar olib
borish, boshqa kishilarni fikrini tanqidiy nuqtayi nazardan baholashga ham o‗rgatishi
kerak. Testlar esa bunday imkoniyatga ega emas.
Talabalar bilimini sinash va nazorat qilishda masala, mashqlardan ham keng
foydalanish mumkin. Masala-mashqlar talabaning bilimini keng ko‗lamda tekshirish,
olgan nazariy bilimini real hayotda qo‗llay bilish imkonini ochib beradi.
O‗rganilayotgan savolni mohiyatini talaba tushungani yoki tushunmaganini
aniqlaydi.
Bu usulning ham o‗ziga xos kamchiliklari bor. Birinchidan, talabani hisoblash
bilan birga keng mushohada yuritishga yo‗naltiruvchi masalamashqlar tuzish oson
emas. Ikkinchidan, talabalar hisob-kitobga haddan ziyod berilib ketib,
nazariy
jihatdan tahlil qilishga kam e‘tibor qaratishadi. Uchinchidan, masalamashqlar tor
doiradagi savollarni qamrab oladi.
Talabalar bilimini sinash va baholashning keyingi paytda keng qo‗llanilayotgan
usullaridan biri yozma ish yozishdir. Uning afzalligi shundaki, yozma ish uchun
savollar oson tuziladi.
Talabalarni o‗z fikrlarini ijodiy ravishda bayon qilishlari uchun katta imkoniyat
mavjud. Undan tashqari tavakkal qilib, javob berib bo‗lmaydi.
Talabalar bilimini sinash va baholashda yozma ish yoki esse yozishdan
foydalanish mumkin.
Yozma ishning kamchiligi uni o‗qib chiqish uchun ko‗p vaqt talab qilinadi.
Baholash qiyin. Ko‗p savollarni qamrab olmaydi. U esse tarzida yoki tayanch ibora,
atamalar asosida yozma topshiriq tarzida bo‗lishi mumkin.
Esse yoki yozma topshiriq berilar ekan, har bir
talabaning ishini obyektiv
baholash uchun baholashning mezonlarini ishlab chiqish kerak. Bu mezonlarda
talabalarning ishi ball bo‗yicha qanday baholanishi ko‗rsatiladi.
Yozma ishni baholashda ikki xil yondashish mavjud. Birinchisi, reyting
usulidan foydalanish. Bu usulda ishning umumiy sifati qiziqtirib, ayrim tomonlariga
e‘tibor berish zarurati yo‗q bo‗lsa, qo‗l keladi. Odatda, bu usul ko‗proq tayanch
iboralarga asosida yoziladigan yakuniy nazorat ishida qo‗llaniladi. Yozma ish sifatiga
ko‗ra ish 3-5 kategoriyaga bo‗linadi. So‗ngra ular ishning sifatiga ko‗ra
tabaqalashtirib baholanadi. O‗qituvchi yozma ishni talabalarga qanday mezonga
ko‗ra baholanishini tushuntirishi kerak.
Yozma ish o‗quv yilining oxirida yakuniy baholash uchun o‗tkazilib, ko‗p
variantli usulda qo‗llaniladi. Har bir variantda asosiy savol va tayanch tushunchalar
bo‗lib, ularga alohida javob yoziladi.
Qo‗yilgan savolga to‗g‗ri va to‗la javob yozilsa, savolning mohiyati, mazmuni
yoritilib,
boshqa iqtisodiy hodisa, jarayonlar bilan bog‗lab, hayotiy misollar bilan
boyitilib, izchil, mavjud adabiyotlarda yoritilishiga baho berishga intilsa, mantiqiy
133
yaxlitlikka erishilsa, talabaga yakuniy nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 86
– 100 foizi darajasida baholanadi.
Berilgan savolga to‗g‗ri javob yozilsa, qo‗yilgan savollarning mazmuni,
sabablari ochib berilsa, boshqa iqtisodiy hodisa va
jarayonlar bilan aloqadorligi,
bog‗lanishlari ko‗rsatilsa, hayotiy misollar bilan asosan to‗g‗ri yoritilsa, lekin ta‘rif
berishda va hayot bilan bog‗lashda ayrim noaniqliklarga yo‗l qo‗yilsa, yakuniy
nazorat uchun ajratilgan maksimal ballning 71-85 foizi darajasida baholanadi.
Qo‗yilgan savolga asosan to‗g‗ri javob yozilsa, biroq masalaning mohiyati,
mazmuni, boshqa hodisa va jarayonlar bilan aloqadorligi to‗la yoritilmasa, hayotiy
misollar keltirilmasa yoki qisman keltirilsa, bunday ish maksimal ballning 56-70 foizi
darajasida baholanadi.
Berilgan
savolga javob yozilmasa, noto‗g‗ri yoki yuzaki javob yozilsa, uning
mazmuni, sabablari, boshqa iqtisodiy hodisa va jarayonlar bilan aloqadorligini bayon
qilishda, hayotiy misollar keltirishda chalkashliklarga, xatoliklarga yo‗l qo‗yilsa, ish
yakuniy nazoratga ajratilgan maksimal ballning 0-55 foizi darajasida baholanadi.
Ikkinchi yondashishdagi baholash mezonida, ishning sifati avvaldan ishlab
chiqilgan baholash standarti bo‗yicha amalga oshiriladi. Bu usul rubrikatsiyalash
deyiladi. Bunda mezonlar alohida rubrikatlarga bo‗linib, har biri qancha ball bilan
baholanishi ko‗rsatiladi. Ishni baholashda rubrikatsiya jadvalidan foydalaniladi.
Bundy yondashish ko‗proq esselarni baholashda qo‗llaniladi.