34
O‗yinlar nazariyasi – operatsiyalarni tadqiq qilish usulining bir bo‗limi sifatida
turli manfaatlarga еga bo‗lgan bir necha tomonlarning noaniqlik yoki ziddiyatli
sharoitlarda optimal qaror qabul qilishning matematik modellari nazariyasidir. Bozor
ishtirokchilarining xatti-harakatlari ko‗p jihatdan o‗yinlar nazariyasi jarayonlariga
mos keladi.
Ommaviy xizmat ko‗rsatish nazariyasi еhtimollar nazariyasi asosida ommaviy
xizmat ko‗rsatish jarayonlarini miqdoriy baholashning matematik usullarini
o‗rganadi. Masalan, sanoat korxonasining har qanday tarkibiy bo‗limini xizmat
ko‗rsatish tizimi obyekti sifatida tasavvur qilish mumkin.
Ommaviy xizmat ko‗rsatish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha masalalarning
umumiy xususiyatlari bo‗lib, o‗rganilayotgan hodisaning tasodifiy xarakterga еga
еkanligi hisoblanadi. Xizmat ko‗rsatishga bo‗lgan talab miqdori va ularning kelib
tushishi o‗rtasidagi intervallari vaqti tasodifiy xarakterga еga, ularni tushishini bir xil
aniqlikda oldindan aytib bo‗lmaydi. Ammo o‗zining to‗plamida bunday talablarning
ko‗plari aniq bir statistik qonuniyatlarga bo‗ysunadi, ularni miqdoriy o‗rganish va
amalda qo‗llash ommaviy xizmat ko‗rsatish nazariyasining predmeti hisoblanadi.