30
4-bob. IQTISODIY SISTEMOLOGIYA FANINING TIZIMLI
MASALALARINI YECHISHDA MATEMATIKA VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARNING ROLI
4.1. Tizimli masalalarni qo„yilishi va yechish usullari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari,
firmalar va ularning
bo‗linmalarini faoliyatini chuqur iqtisodiy tahlil qilishda qo‗llaniladigan еng
takomillashgan yo‗nalish bo‗lib, matematik usullardan keng foydalanish hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilda matematik usullardan foydalanish tahlil qilish muddatini qisqartirish,
tijorat faoliyati natijalariga ta‘sir еtuvchi omillarni to‗la qamrab olish, taxminiy va sodda
hisob-kitoblarni aniq hisoblashlar bilan almashtirish,
tahlilning yangi, ko‗p o‗lchamli
masalalarini qo‗yish va yechishda qo‗l mehnati va an‘anaviy usullar bilan amaliyotda
bajarib bo‗lmaydigan masalalarni yechish imkonini beradi. Shuning bilan menejerda o‗z
g‗oyalari va istaklarini matematik modellar yordamida tekshirib ko‗rish va ishlab
chiqilayotgan biznes-rejaning bir necha variantlarini ishlab chiqib tekshirib ko‗rish,
ularning orasidan еng yaxshisini tanlash imkoniyatini yaratadi. Biznes-rejani yaratishdagi
menejerning harakatlari ishlab chiqarishni tashqi muhit – bozor talabiga moslashtirishning
еng samarali yo‗nalishlari axtarib topishga imkon beradi. Shu
bilan biznes-reja ustida
bajarilgan turli amallar, еksperimentlar va turli variantlar hisob-kitoblari menejerda
o‗zining bor bilimini ishlab chiqarishda sinab ko‗rish va natijada o‗ziga to‗liq
ishonch
hosil qilishga olib keladi. Kichik korxonalarni boshqarib katta tajriba orttirgan va
malakasini doimo oshirish bilan shug‗ullangan menejerlarda keyinchalik katta biznesga
kirib borish istagi tezroq paydo bo‗ladi va ular mamlakatning
etakchi korxonalarini
boshqaradilar.
Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda matematik usullarni qo‗llash
quyidagilarni talab qiladi:
* korxona iqtisodiyotini o‗rganishga tizimli yondashish, uning turli faoliyati
bilan bog‗liq bo‗lgan o‗zaro aloqalarini barchasini hisobga olish. Bunday sharoitlarda
tahlilning o‗zi tizimli xususiyatlarni o‗zida jamlaydi, namoyon еtadi;
31
* iqtisodiy tahlil yordamida yechiladigan iqtisodiy
jarayon va masalalarni
miqdoriy xarakteristikalarini ifodalovchi iqtisodiy-matematik modellar kompleksini
tuzish;
* korxona
faoliyati
bilan
bog‗liq
iqtisodiy
axborotlar
tizimini
takomillashtirish;
* iqtisodiy tahlil qilish maqsadida iqtisodiy axborotlarni to‗plash, saqlash,
qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi hisoblash
texnikasi vositalarining
mavjud bo‗lishi;
* ishlab chiqarish bilan bog‗liq iqtisodchi, matematik modellashtirish,
matematik hisobchilar, dasturchi-operatorlardan tashkil
topgan maxsus analitiklar
jamoasini tashkil еtish.