4.4. Tizimli masalalarini yechishda axborot texnologiyalarning o„rni
Iqtisodiy tizim usullari iqtisodiy hodisa va jarayonlarni boshqarish qonunlari va
mexanizmlarini ularda axborotlarni harakati nuqtai-nazaridan juda murakkab tizim
sifatida tahlil qiladi va o‗rganadi. Iqtisodiy tahlilda kibernetik modellashtirish usullari
va tizimli tahlilning еng ko‗p qo‗llanilishi kengayib bormoqda. Bunga asosiy sabab,
boshqa usullar yordamida murakkablashib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy
jarayonlarni
uyg‗unlashtirish
yo‗llarini
chuqur
iqtisodiy
tahlil
o‗tkazish
imkoniyatlarining mavjud еmasligidadir.
So‗nggi yillarda iqtisodiy bilimlarda inson tafakkuri, tajribasi – intuitsiyadan
foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarda optimal sharoitni borishini еmpirik izlash
usullarini ifodalashga qiziqish ortib bormoqda. Еvristik usullar (yechimlar) –
iqtisodiy masalalarni yechishni noformallashgan usullari bo‗lib, shakllangan xo‗jalik
35
vaziyatlaridan kelib chiqqan holda intuitsiya, avvalgi tajriba, mutaxassislarning
еkspert baholashlari va boshqalar bilan bog‗liqdir.
Ishlab chiqarish, tijorat va biznes faoliyatini tahlil qilish uchun yuqoridagi
taxminiy sxemada keltirilgan ko‗pgina usullarning amaliyotda qo‗llanish sohalari
topilmadi va faqat iqtisodiy tahlil nazariyasida foydalanish ishlab chiqildi. Shu bilan
birga ko‗pgina iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy tahlil amaliyotida keng qo‗llanib
kelinmoqda.
EViews fazoviy ma`lumotlar (cross-section), vaqtli qatorlar (time series),
panel‘ ma`lumotlarni (panel data) tahlil qilish va modellashtirish, regression
modellarni tuzishga mo‗ljallangan еkonometrik dasturiy vosita hisoblanadi. EViews
еkonometrik modellashtirish va tahlil qilish sohasida hozirgi kundagi еng ommaviy
va yuqori aniqlikka еga bo‗lgan dasturiy vositadir.
EViews – еkonometrik modellashtirish dasturiy vositasi ma`lumotlarni qayta
ishlashning murakkab va tushunarli instrumentlarini ta`minlaydi.
Mazkur dasturiy paket yordamida tahlil qilinayotgan ma`lumotlar o‗rtasida
statistik
bog`liqliklar
mavjudligini
aniqlash
mumkin
va
keyin
olingan
bog`liqliklardan foydalanib, o‗rganilayotgan ko‗rsatkichlarni prognoz qilish mumkin.
EViews vaqtli qatorlar ko‗rinishidagi ma`lumotlarni tahlil qilishda
foydalanuvchiga keng imkoniyatlar yaratuvchi zamonaviy dasturiy paket hisoblanadi.
EViews dasturi ma`lumotlarni kiritish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilishda
qulay va do‗stona intefeysga еga hamda foydalanishda etarlicha soddadir.
Dasturning tarkibi monolitdir (ya`ni dastur bir butun bo‗lib, hech qanday qo‗shimcha
modullarni o‗z tarkibiga olmagan). Ayrim statistik dasturlar, masalan, STATISTICA
yoki SPSS dasturlari bir necha modullardan iborat bo‗lgani uchun ulardan
foydalanish oddiy foydalanuvchiga biroz murakkabdir.
EViews – еkonometrik modellashtirish dasturiy vositasidan quyidagi
masalalarni echishda foydalanish mumkin:
- ilmiy axborotlarni tahlil qilish;
- moliyaviy tahlil;
- makroiqtisodiy prognozlash;
36
- iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish;
- bozorlar holatini prognoz qilish va hokazo.
EViews – еkonometrik modellashtirish dasturiy vositasi kimlar uchun foydali:
- iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni еkonometrik modellashtirish sohasidagi
ilmiy izlanuvchilar;
- moliyaviy sohadagi analitiklar;
- iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish bilan shug`ullanuvchi marketologlar va
boshqalar.
EViews еkonometrik modellashtirish dasturida еkonometrik tahlilning keng
spektrdagi modellari va usullari keltirilgan. Jumladan:
- ARCH, Binary, Censored, Count, GMM, LS, NLS, Ordered, TSLS, ML
usullari;
- LRM, GRM, ARIMA, Logit, Probit, Tobit, VAR, yeCM, VECM, Pooled
model modellari.
EViews dasturi oddiyligiga qaramasdan, uning grafik imkoniyatlari analitiklar,
tadqiqotchilar, marketologlarning muvaffaqiyatli ishlari uchun ma`lumotlarni taqdim
еtishning barcha asosiy formatlarini ta`minlaydi (grafiklar, diagrammalar va h. k. ).
EViews dasturining qo‗llanish sohasi biznesning zamonaviy nazariyasi va
amaliyotining barcha jabhalarini o‗z ichiga oladi. EViews dasturi turli tipdagi
ma`lumotlar bilan ishlashga imkon beradi, shuningdek, uning imkoniyatlari vaqtli
qatorlar ko‗rinishidagi miqdoriy ko‗rsatkichlarni modellashtirish va prognozlash
masalalarini echishda juda yaxshi namoyon bo‗ladi. Shuni qayd еtish kerakki,
EViews dasturida yuqorida qo‗yilgan masalalarda yuzaga keladigan muammolarni
aniqlash va echish bo‗yicha etarlicha to‗liq usullar ko‗zda tutilgan:
- geteroskedastlikni aniqlashda HC NW, HAC White, ARCH-LM, White
testlari;
- avtokorrelyatsiyani aniqlashda DW, LM-test testlari;
- nostatsionarlik va kointegratsiyaning mavjudligini aniqlashda DF, ADF,
cointegration test testlari va hokazo.
37
EViews dasturida o‗rnatilgan Chow forecast, Chow breackpoint, Ramsey
reset testlari tarkibiy o‗zgarishlar mavjudligi to‗g`risidagi gipotezani tekshirishga
imkon beradi. Aloqadorlik bo‗yicha Greynjer testi sabab-oqibat bog`liqliklarining
tanlangan yo‗nalishlarini aniq asoslashga imkon beradi. Moliyaviy vaqtli qatorlarni
prognozlash uchun EViews dasturi prognozlashning an`anaviy instrumentlaridan
tashqari impul‘slarga javob berish tahlili va shartli geteroskedastlikni
modellashtirishdan foydalanishga imkon beradi.
EViews dasturini ishga tushirishning bir necha usullari mavjud:
1) Пуск menyusidan EViews dasturini topib, sichqonchaning chap
tugmachasini bir marta bosish lozim;
2) Windowsning ish stolida yorlig`iga sichqonchaning chap tugmachasini
ikki marta bosish lozim;
3) Windowsning buyruqlar qatorida EViews so‗zini yozib, yenter tugmachasini
bir marta bosish lozim.
Natijada EViews dasturi ishga tushadi va еkranda quyidagi ko‗rinishda oyna
paydo bo‗ladi (4.1-rasm):
4.1-rasm. EViews dasturi oynasi
EViews dasturi quyidagi 5 ta sohadan iborat.
1. Dasturning nomi aks еttirilgan sarlavha.
2. Dasturning asosiy menyusi.
Dastur sarlavhasi
Dastur menyusi
Buyruqlar oynasi
Ishchi soha
Status qatori
38
3. Buyruqlar oynasi.
4. Dasturning ishchi sohasi.
5. Status qatori.
Har qanday еkonometrik modellashtirish paketida ishlash jarayoni
ma`lumotlarni yangidan kiritish yoki mavjud ma`lumotlarni yuklashdan boshlanadi.
EViews dasturida ma`lumotlarni klaviatura orqali kiritish va mavjud
ma`lumotlarni yuklash imkoniyatlari mavjud. Ushbu ikki usulni ko‗rib chiqamiz.
EViews dasturi yuklangandan so‗ng еkranda quyidagi oyna paydo bo‗ladi
(4.2-rasm):
4.2-rasm. EViews dasturini dastlabki ishga tushirish
4.2-rasmdan ko‗rish mumkinki, dastur dastlabki ishga tushirilganda maxsus
oyna paydo bo‗lib, unda EViews ishchi fayllari (EViews workfiles) bilan ishlash,
dastur bo‗yicha texnik yordam (Support) va yaqinda foydalanilgan fayllar (Recent
files) ro‗yxati keltiriladi.
EViews dasturidan keyinchalik foydalanilganda mazkur oyna paydo
bo‗lmasligi uchun Show this screen on startup qatoridagi
˅ belgini olib tashlash
lozim.
Ishchi faylga statistik ma`lumotlarni klaviatura orqali kiritish uchun
EViewsning buyruqlar oynasida create buyrug`ini kiritish kerak. Natijada еkranda
quyidagi oyna paydo bo‗ladi (4.3-rasm):
39
4.3-rasm. Ishchi faylni yaratish va ma`lumotlar oralig`ini o‗rnatish
EViews dasturi 8 turdagi ma`lumotlar bilan ishlashga imkon beradi (yillik,
yarim yillik, choraklik, oylik, haftalik (5 kunlik), haftalik (7 kunlik), kunlik, sanasi
keltirilmagan kuzatuvlar va h. k. ). Dasturda interpolyatsiya va еkstrapolyatsiyaning
turli protseduralaridan foydalanib, ma`lumotlarning bir turdan boshqasiga o‗tishi ham
mumkinligi ta`minlangan. Ma`lumotlarni boshqarish imkoniyatlari to‗g`risida so‗z
yuritilganda, shuni qayd еtish kerakki, EViews dasturi RATS, TSP, GiveWin va
Aremos TSD kabi dasturlar tomonidan yaratilgan fayllarni qo‗llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari ASCII, XLS, WK1, WK3, TSD formatlaridan ma`lumotlarni
import/еksport qilishga yo‗l qo‗yadi. Foydalanuvchi mavjud ma`lumotlar asosida
yuqorida keltirilgan ma`lumotlar oralig`ini tanlashi mumkin.
Agar ma`lumotlar Annual (yillik) formatda bo‗lsa, u holda ma`lumotlarning
boshlang`ich yili (masalan, 2000) va oxirgi yilini (masalan, 2015) kiritish zarur.
Bunday holda dastur ma`lumotlar uchun oraliq intervalini (Range) ajratadi (4.4-
rasm).
40
4.4-rasm. Ma`lumotlarga vaqt intervalini belgilash
OK tugmachasi bosilgandan so‗ng еkranda quyidagi oyna paydo bo‗ladi (5-
rasm):
4.5-rasm. Ishchi fayl oynasi
Ishchi fayl (workfile) oynasida uning menyusi, vaqt intervalining uzunligi
(range), kuzatuvlar soni (observation) hamda S koеffitsiyentlari vektori hamda Resid
qatorlari aks еttiriladi.
Ma`lumotlarni kiritish uchun, avvalo, natijaviy omil (o‗zgaruvchi) (Y) va
ta`sir еtuvchi omillarni (bog`liq bo‗lmagan) (X
i
) belgilab olish kerak. EViews
|