26
Tizimni boshqarish
mezon va maqsadi deganda, tizimning dinamik
barqarorligi, еvolyutsion o‗zgarishlari, tashqi muxit bilan o‗zaro aktiv ta‘siri
tushuniladi. Boshqarish maqsadi tizimning turiga va murakkablik darajasiga qarab
o‗zgarib ketadi. Boshqarish dialektika qonunlari asosida amalga oshadi.
Iqtisodiy
obyektlarni boshqarish mohiyati ayrim iqtisodiy obyektlarda va, umuman,
iqtisodiyotda yuz beradigan antagonistik bo‗lmagan ziddiyatlarni yuqotish, iqtisodiy
obyektlarni maqsadga muvofiq
ravishda rivojlantirish, ulardan umumjamiyat
manfaati yulida foydalanish va zarur qarorlar qabul qilishdan iborat.
Boshqarish obyektining turi va murakkablik darajasida qat‘i nazar, insonning
boshqarish faoliyati murakkab fikrlash jarayonidir.
Fikrlash jarayoni ayrim
operatsiyalar va harakatlardan tashkil topgan. Reflektorli boshqarish harakatlari
shular jumlasidandir. Dinamik tizimning normallashtiruvchi va uni berilgan holatida
saqlovchi. uning rivojlanishini va takomillashuvini ta‘minlovchi reflektorli,
rasmiy-
mantiqiy va ijodiy harakatlar boshqarish jarayonining mohiyatini ochib beradi. Bu
jarayonda inson axborotni har tomonlama qayta ishlovchi subyektdir. Boshqarish
jarayonida inson moddiy tizim bilan hamohang bo‗ladi, jarayonning tarkibiy qismiga,
boshqarish organiga va maqsadga muvofiq yo‗naltirish manbaiga aylanadi.
Boshqarishga taalluqli har bir harakat boshqarishning optimal variantlarini topishga
qaratilgan bo‗ladi.