25
Iqtisodiy tizimning oltinchi belgisi - uning
amal qilish va rivojlanishi natural
hamda qiymat ko„rsatkichlarga tubdan bog„liq bo„lishidir. Iqtisodiy tizim shu belgisi
bilan moddiy dunyodagi boshqa tizimlardan ajralib turadi. Tizim ko‗rsatkichlarining
rivojlanishi ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashishiga, moddiy boyliklarni
taqsimlash va iste‘mol qilish formalariga bog‗liq. Bu jarayon bevosita ko‗rsatkichlar
qiymatining o‗zgarishi bilan davom еtadi. Tizimning amal qilishi jarayonida
sarflangan xarajatlar bilan undan olingan natijalarni taqqoslash iqtisodiy tizimning
rivojlanish shartidir. Iqtisodiy tizimga tabiiy omillar va jamiyat taraqqiyoti doimo
ta‘sir еtib turadi. Bu tashqi omillar asosan tasodifiy xarakterga еga. Tabiy
resurslarning miqdori, taqsimlanishi, ob-havo va tabiatdagi hodisalarni ma‘lum
еhtimollik bilangina aniqlash mumkin.