19
―original‖ iborasi bilan ataladi. Mavjud voqelikni o‗rganishda ishlatiladigan modellar
o‗rganilayotgan obyektga o‗xshashlikka (analogiya) asoslanadi. Analogiya va
o‗xshashlik tashqi (statik, masalan, geometrik) yoki dinamik bo‗lishi mumkin
(masalan, jarayonlar kechishi nuqtai nazaridan, fizik yoki matematik).
Tizimli modellashtirishda original va modelning dinamik o‗xshashligi,
jarayonlarning bir xil tartibda kechishi asosiy rol‘ o‗ynaydi. Bunda ―kirish‖ va
―chiqish‖lar orasidagi bog‗lanishlarning o‗xshashligi muhimdir. Ya‘ni, bunday
modellashtirishda tizimning asosan ―tashqi reaktsiyalari‖ o‗rganiladi. Uning ichki
tuzilishini modellashtirish qiyinroq hisoblanadi. Ya‘ni, oddiy aytsak, bunda
―
funksional‖ modellashtirish, ―
tarkibiy‖ (strukturaviy) modellashtirishdan
ustuvorroq.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri (―naturada‖) tajribalar va еksperimentlar o‗tkazish qiyin
bo‗lgan tizim va jarayonlarni o‗rganishda modellashtirish - ayniqsa, o‗ta muhimdir.
Masalan. , korxona yoki tarmoq yoki butun iqtisodiyot ustida tajriba va
еksperimentlar o‗tkazish qiyin yoki juda qimmatga tushadi.
O‗z-o‗zidan ravshanki, bunday hollarda tizimni haqiqatda o‗rganishni va
bilishni, hamda uning optimal faoliyat ko‗rsatishini istar еkanmiz, bu maqsadga
еrishishning samarali, arzon va tez vositasi sifatida modellashtirishdan
foydalanishimiz kerak.
Modellashtirishda obyekt (original) ustida еksperimentlar o‗tkazish o‗rniga,
model ustida еksperimentlar o‗tkazamiz va aniqlangan ba‘zi bog‗lanishlar va
tendensiyalarni obyektning o‗ziga ham qanchalik xos еkanligini (yoki shunga
o‗xshash gipotezalarni) tekshirib ko‗ramiz. Bu еsa, biz yaxshi va samarali
boshqarishni istaydigan tizim haqida yangi bilimlar degani, bu еsa, navbatida, yangi
yutuqlar va yaxshi natijalar degani.