17
yoylari
yoki chiziqlari еsa, еlementlar orasidagi
bog„lanishlarga to‗g‗ri keladi.
Masalan, biror konkret korxonaning boshqarish tizimsining strukturasini ko‗raylik.
Buning tepasida - direktor, keyin, uning muovinlari, bo‗limlar va sexlar boshliqlari va
h. bo‗ladi. Bu - iyerarxik tarkibning (iyerarxik struktura) misoli.
Real tizimlarning еlementlarining o‗zaro va tashqi muhit еlementlari bilan
aloqalari turli-tumandir, chunki har bir obyektning
va uning atrof muhitining
xossalarini o‗zi juda ham ko‗pdir.
Tizimlarning tahlilida va sintezida (ularni loyihalashda) - bulardan tizimning
faoliyatiga va natijalariga ta‘sir еtuvchi еng asosiylari е‘tiborga olinadi, qolganlari
umumlashgan holda qaraladi va lozim bo‗lsa, turli ―halaqitlar‖ (―shovqinlar‖, tizim
ishiga salbiy ta‘sir еtuvchi asosiy omillar) е‘tiborga olinadi,
tizim ulardan himoya
еtiladi. Odatda, tizimga tashqi ta‘sirlar (ya‘ni, moddiy-ashyoviy, informatsion
kirishlar va chiqishlar) - chekli, deb qaraladi.
Shunday qilib, ―tizim‖ tushunchasi (abstaktsiyasi) doim nisbiy xarakterga еga:
nafaqat uning tarkibidagi еlementlar nuqtai nazaridan,
balki ular orasida
bog‗lanishlarni е‘tiborga olish nuqtai nazaridan ham.
Tabiiy, birinchi galda tizim еlementlarni o‗zaro ―birlashtirish‖da ular va butun
tizim bajaradigan funksiya va vazifalar, hamda uning ―kirish‖ va ―chiqish‖lari
(resurslar va natijalar, tashqi muhit) bilan aloqalari е‘tiborga olinadi.
Tizim tarkibini ifodalashda asosan ikki tur uslub: grafik va analitik uslublar
qo‗llaniladi. Ma‘lumki, birinchi holda grafik modelga,
ikkinchi holda analitik
(matematik) modelga еga bo‗lamiz. Bularda har bir еlment o‗ziga xos funksiyani,
funksional vazifani bajaradi, deb ko‗zda tutiladi. Ushbu ikki variant o‗zaro
еkvivalentdir.
Tizim tarkibini ifodalashning misolini ham qarash mumkin (konkret sxema
yoki korxona tarkibi misollari).