12
kelgusiga (perspektiv) tahlil qilish bilan tugallanadi va uning ko‗rsaskichlari
rejalashtirilgan – tahlil qilingan ko‗rsatkichlarga to‗g‗ri chiqadi.
Barcha hollarda pirovard ishlab chiqarish-moliyaviy natijalari qiyosiy tahlil
usullaridan, ilg‗or korxonalar ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko‗rsatkichlaridan
foydalaniladi. Shunday qilib biznes-reja har tomonlama zarur iqtisodiy hisob-kitoblar
bilan asoslanadi.
Ikkinchi vazifa – hisob-kitob va hisobot ma‘lumotlari bo‗yicha biznes-rejalarni
bajarilishini va me‘yorlarga rioya qilishni obyektiv va har tomonlama o‗rganish.
Sanoat korxonalarida tahlil jarayonida
ishlab chiqarish dasturining, asosiy
mahsulotning miqdori va assortimenti, navi, komplektligi va sifati bo‗yicha
bajarilishi, ishlab-chiqarishning
barqarorligi, sotish rejasi, yetkazib berish
shartnomasining bajarilishi o‗rganiladi.
Uchinchi vazifa – mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan
foydalanishning
iqtisodiy samarasini aniqlash. Korxonalarda mehnat vositalari (bino va inshootlar,
texnologiyalar, asbob-uskuna, xom-ashyo va materiallar); ishchi kuchi (ishchilar
soni va
ixtisoslik tarkibi, asosiy, yordamchi, xizmat ko‗rsatuvchi va boshqarish personali,
mehnat
unumdorligi va boshqalar); moliyaviy resurslar umuman barchasi bo‗yicha izlanishlar olib
boriladi.
To‗rtinchi vazifa – tijorat hisobi va pirovard moliyaviy natijalar tahlilini nazorat
qilishdir (uni to‗liq va to‗liq bo‗lmagan shakllarida).