• Masalaning qo‘yilishi.
  • 1.4. Masalani matematik ifodalash. Sonli usulni tanlash Masalani matematik ifodalash. Sonli usulni tanlash.
  •  Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. Masala qo‘yilishi




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/71
    Sana22.12.2023
    Hajmi1,08 Mb.
    #127027
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71
    Bog'liq
    Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

    1.3. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. Masala qo‘yilishi 
    Turli xildagi masalalarni shaxsiy kompyuterlarda (SHK) yechishgacha 
    tayyorlash va uni to‗g‗ridan-to‗g‗ri SHK yechishlar o‗z tarkibiga quyidagi 
    bosqichlarni qamrab oladi: 
    masalaning qo‗yilishi; 


    19 
    masalani matematik ifodalash, sonli usulni tanlash; 
    hisoblash jarayonini algoritmlashtirish; 
    ma'lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash; 
    kompyuter dasturini tuzish; 
    dasturni sozlash; 
    masalani shaxsiy kompyuterda yechish va natijalarini tahlil qilish.
    6
    Masalaning qo‘yilishi. Turli xildagi masalalarni yechishning dastlabki bosqichi 
    bo‗lib uning qanday qo‗yilishi hisoblanadi. Masalaning qo‗yilishi deganda, avvalom 
    bor uni to‗g‗ri va ravon ifoda qilmoq, hamda uni to‗g‗ri yechish uchun qo‗yilayotgan 
    hamma shartlarini aniqlash tushuniladi. Undan tashqari masalani yechish uchun kerak 
    bo‗lgan birlamchi axborotlar ham aniqlanish kerakdir va hisoblanayotgan kattaliklar 
    ro‗yhati va ularni taqdim etish shakli ko‗rsatilishi lozim. Qo‗yilgan maqsadni amalga 
    oshirish uchun kerakli ma'lumotlar tarkibi (strukturasi), tuzilishi, ifodalanishi 
    aniqlangan bo‗lib, ular orasidagi bog‗lanishlar aniq ifodalangan bo‗lsa, ―masala 
    qo‗yilgan‖ deb aytiladi. 
    1.4. Masalani matematik ifodalash. Sonli usulni tanlash 
    Masalani matematik ifodalash. Sonli usulni tanlash. Bu bosqichda masalani 
    yechish uchun kerakli va yetarli bo‗lgan dastlabki ma'lumotlarning tarkibi, tavsifi, 
    turi, tuzilishi hisobga olingan xolda matematik terminlarda ifodalanadi hamda 
    masalani yechishning matematik modeli yaratiladi.
    Buning uchun har xil (sohasiga qarab) matematik apparat ishlatilishi mumkin.
    Masalan iqtisod soxasidagi mutaxassislar - chiziqli dasturlash, dinamik 
    dasturlash, stoxastik dasturlash, bashorat (prognoz) qilish bilan bog‗liq masalalarni 
    yechish matematik apparatini bilishlari kerak. 
    Mutaxassis o‗z soxasini har tomonlama yaxshi o‗rgangan va amaliy jixatdan 
    puxta o‗zlashtirgan va qo‗llaniladigan har xil matematik apparatning barcha 
    imkoniyatlarini to‗liq tushunib yetgan va amaliyotga qo‗llay oladigan bo‗lishi kerak.
    6
    Семакин И.Г., Шестаков А.П. Основы алгоритмизации и программирования Издательство: 
    Академия. 2016 г. - C. 6.


    20 
    Bu bosqichda 2 ta asosiy savolga javob topish kerak:
    1. Masalani ifodalash uchun qanday matematik strukturalar maqsadga muvofiq 
    keladi? 
    2. Yechilgan o‗xshash masalalar bormi? 
    Tanlangan matematik struktura (apparat)da masalaning elementida ob'ektlari 
    to‗la ifodalanishi zarur.
    Sonli matematik usullar hisoblash jarayolarini elementar operatsiyalarga 
    ajratishga yordam beradi, ya`ni hohlagan masalani yechishni operatsiyalarni bajarish 
    ketma-ketligiga olib keladi. Ularning tarkibiga arifmetik operatsiyalar(<, , >, , =) 
    va harakatlar kirib, hisoblash jarayonini tarmoqlashtirish uchun hizmat qiladi. Aniq 
    bir masalani yechish uchun sonli usullarning barchasining orasidan shundayini 
    tanlash kerakki, u qo‗yilayotgan masalani yaxshi darajada yechishni ta`minlab berishi 
    lozim. 
    Ma`lum bir sonli usulni tanlashda turli shartlar qatori quyidagi omillar bo‗lishi 
    mumkinki, ya`ni hisoblashlar natijasining aniqliligi, SHK masalani yechilish vaqti, 
    talab qilinayotgan xotira hajmi va boshqalar. 

    Download 1,08 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   71




    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari. Masala qo‘yilishi

    Download 1,08 Mb.
    Pdf ko'rish