Ma'lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/71
Sana22.12.2023
Hajmi1,08 Mb.
#127027
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

Ma'lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash. Ma'lumotlarni tasvirlash 
usulini tanlash algoritmning bajarilishi bilan chambarchas bog‗langan. Shu sababdan 
ma'lumotni tasvirlashning shunday turini, usulini tanlash kerakki, masalani echish 
jarayoni sodda va tushunarli bo‗lsin. 
Ma'lumotlar oddiy o‗zgaruvchilar ko‗rinishida (bu xol juda kam uchraydi), 
massiv ko‗rinishida, aloxida ma'lumot fayllari (ketma-ket o‗qiladigan yoki bevosita 
o‗qiladigan) ko‗rinishida axborot tashuvchida joylashgan bo‗lishi mumkin.
 
1.6. Dastur tuzish. Dasturni tahrirlash 
Dastur tuzish. Dasturlash – bu shaxsiy kompyuter dasturlash tilida algoritmni 
tasvirlash jarayonidir. Agar dastur kompyuter tilida(ya`ni kompyuter komandalarida) 
tuzilsa, u holda dastur to‗g‗ridan-to‗g‗ri shaxsiy kompyuterda amalga oshiriladi. 


22 
Dastur simvollar tilida yozilsa, u holda dastur matni translyator orqali kompyuter 
tiliga o‗giriladi va undan keyin u shaxsiy komyuterda yechiladi. 
Dasturlash jarayonida quyidagi takliflar inobatga olinsa xatolarni tuzatish 
jarayoni engillashadi.
1. Dastur umumiy bo‗lishi kerak, ya'ni ma'lumotlarni aniq biror turiga bog‗liq 
bo‗lmasligi kerak, massivning chegara parametrlarini tekshirmoq lozim. Massiv 
elementlarining soni 0 yoki 1 bo‗lib qolish, yoki yuqori chegarasidan oshib ketish 
xolati.
2. O‗zgarmas kattalik xamda o‗zgaruvchi kattalik ko‗rinishida ishlatish. (Biror 
o‗zgarmas kattalikni boshqasi bilan almashtirish zarurati bo‗lib qolsa, dastur matnini 
chaqirib o‗zgartirish kerak - bu noqulay xolat EXE, COM fayllarida aslo mumkin 
emas).
Dasturda kiritiladigan ma'lumotlarni nazorat qilish qismi bo‗lishi kerak.
3. Dasturdagi arifmetik amallarni kamaytirish va dasturning ishlashini tezlatish 
uchun:
- darajaga oshirish amallari ko‗paytirish amali bilan almashtirilgani ma'qul;
- bir xil ma'lumot bilan hisoblanayotgan arifmetik (algebraik) ifodalarni bir 
marta hisoblab qiymatini biror o‗zgaruvchida saqlab ishlatish.
- takrorlashlarni tashkil qilishda takrorlanishning chegarasini tekshirish uchun 
ifodalardan emas balki oddiy o‗uzgaruvchilardan foydalanish.
- takroriy hisoblashlar tarkibida uchraydigan va takrorlanish davomida qiymatini 
o‗zgartirmaydigan ifodalarni takrorlanishdan tashqarida hisoblash.
4. Dasturning xar bir bo‗lagi, moduli qismiga tushuntirishlar yozilgan bo‗lishi 
kerak. Dasturdagi tushuntirishlar, masalani echish ketma-ketligini ifodalovchi 
mantiqiy ketma-ketlikdan iborat bo‗lmog‗i kerak. 
Dasturdagi modullar, qismlar aniq ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak. Takrorlanish 
boshi va takrorlanish oxiri aloxida qatorda turgani ma'qul. 

Download 1,08 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma'lumotlarni tayyorlash va tarkibini aniqlash

Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish