Algoritm tushunchasi va xususiyatlari




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/71
Sana22.12.2023
Hajmi1,08 Mb.
#127027
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Bog'liq
Algoritmlashtirish va dasturlash asoslari

 
1.2. Algoritm tushunchasi va xususiyatlari 
Qo‗yilgan masalani u yoki bu turini yechishning algoritmlarini shakllantirish va 
ishlab chiqish eng ma`suliyatli hamda muhim bosqichlardan hisoblanadi, chunki bu 
bosqichda keyinchalik shaxsiy kompyuterda bajarilishi kerak bo‗lgan amallarning 
ketma-ketligi oldindan belgilab olinadi. Algoritmda yo‗lga qo‗yilgan xatoliklar 
hisoblash jarayonini noto‗g‗ri bajarilishiga olib keladi, ya`ni noto‗g‗ri natijalarni 
beradi. 
Algoritm – bu masalani yechish usullarini izohlashdir, yoki boshqacha qilib 
aytganda, kutilayotgan natijalarni shaxsiy kompyuter tomonidan olish uchun 
bajarilayotgan hisoblash jarayolarining ketma-ketliklaridir.
―Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari‖ izohli lug‗atida quyidagi ta`riflar 
keltirilgan: 
1. Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan 
chekli to‗plami. 
2. Dastlabki ma`lumotlarni ohirgi natijaga o‗tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali 
masala yechimini aniq ko‗rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi. 


17 
Algoritm atamasi o‗rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o‗zbek matematigi Al-
Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U o‗zi kashf etgan o‗nli sanoq tizimida IX asrning 
825 yilidayoq to‗rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika 
amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab 
algorismus, 1950 yilga kelib algoritm deb ham ataldi. Kompyuterlar paydo bo‗lishi 
bilan algoritm atamasi hozirgi ma`nosi bilan axborot-kommunikatsiyalar 
texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo‗lib qoldi. 
Semakin I.G. va Shestakov A.P. algoritmning quyidagi tarifini berganlar: 
algoritm – bu qandaydir bajaruvchini boshqarish buyruqlarining ketma-ketligi.
4
Trofimov V.V. va Pavlovskaya T.A. esa algoritmni hisoblash jarayoniga 
beriladigan va birlamchi ma‘lumotlarni kerakli natijaga o‗zgartirish jarayonini aniq 
belgilovchi oddiy elementar xarakatlar izchilligini o‗zida aks ettiruvchi aniq 
ko‗rsatma
5
sifatida belgilaganlar. 
Algoritm quyidagi xususiyatlarga egadir: 
1. Aniqliligi, ya`ni turli hisobga olinmagan harakatlarga yo‗l qo‗ymaslik va uni 
bajaruvchilar uchun tushunarliligidir. Ushbu xususiyatiga ko‗ra algoritmni bajarish 
jarayoni o‗z-o‗zidan bajariladigan xarakterga ega. 
2. Natijaviyligi, ya`ni ma`lum bir oddiy bosqichlarni bosib o‗tgandan so‗ng 
kutilayotgan natijani olishga erishishdan iborat. 
3. Ommaviyligi, ya`ni bitta masalani yechish uchun emas balki shunga o‗xshash 
turdosh masalalar sinfini hal etish uchun xizmat qiladi.
4. Diskretlilik, ya`ni algoritmni bir nechta elementar bosqichlarga ajratish 
imkonini mavjudiligi. 
5. Tushunarlilik - algoritmni bajarish uchun qulay bo‗lgan matn ko‗rinishida 
tasvirlash. 
6. Tugallanganligi - ketma ket bajariluvchi harakatlar soni cheksiz emas, ularni 
sanash mumkin 
4
Семакин И.Г., Шестаков А.П. Основы алгоритмизации и программирования Издательство: 
Академия. 2016 г. - C. 6.
5
Трофимов В.В., Павловская Т.А. Алгоритмизация и программирование. Учебник для 
академического бакалавриата. Издательство: Москва – ЮРАЙТ. 2018 г. – C. 8. 


18 
Masalaning algoritmini ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: 
ma`lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlarni belgilab olish; 
ma`lumotlarga qayta ishlov berish bosqichlari ketma-ketligini ular o‗rtasidagi 
mantiqiy aloqalarni o‗rnatish asosida aniqlash; 
har bir bosqich mazmunini izohlash. 
Algoritm tuzishda quyidagilarga amal qilinsa, qo`yilgan masalani natijasini tez 
va to`g‗ri olish mumkin: 
1. Qo`yilgan masalani to`g‗ri o`qish va tushunib olish, masalani qo`ygan 
shaxsning asosiy maqsadini bilish; 
2. Ishga daxldor qiyinchiliklarni aniq ko`rish va ortiqcha narsalarni barchasini 
yo`qota bilish; 
3. Nazariyani qo`llash mumkin bo`lgan barcha hollarni aniqlash va uni mustaqil 
qo`llash yoki lozim bo`lsa, maslahat olish uchun mutaxassisga murojaat qilish; 
4. Qo`yilgan masalani bir-biriga bog‗liq bo`lmagan tushunarli bo`laklarga ajrata 
olish va ular orasida bog‗liklikni tushunish; 
5. Dasturlashga va dastur resurslariga ketgan xarajatlarga nisbatan taqdim 
etilayotgan yechimni afzalligini baholash va foydalanuvchining talabini to`la qondira 
bilish; 
6. Qo`yilgan masalani qoniqarli yechimini olishda har bir bo`lak yechimlari 
to`plamini bir butun holga keltirish; 
7. Masala yechimini sodda va aniq tushunarli tilda bayon eta olish; 
Bu til tabiiy yoki sun`iy bo`lishining ahamiyati yo`q; 
8. Masalani kompyuterdan foydalanib yechish jarayonida muvafaqqiyatsizlikka 
uchraganda o`zini qo`lga ola bilish va boshqa yechish yo`lini qidirish. 

Download 1,08 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Algoritm tushunchasi va xususiyatlari

Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish