62
Shuni
aytish joizki, algoritm asosida turli xildagi iqtisodiy va ijtimoiy
masalalarni ifoda etish mumkin. Bu esa o‗sha hal qilinishi mumkin bo‗lgan masalani
tizimli yondashuv asosida kompleks ravishda echishni ta`minlab beradi.
5.5. Matritsalar (ikki o‘lchamli massivlar) tushunchasi
Matritsalar (ikki o‗lchamli massivlar) bilan ishlash uchun,
avvalom bor undagi
o‗zgaruvchilarning indekslarini o‗zgarib borish tartibi bilan yaqindan tanishib chiqish
kerak. A{i=1,N; j=1,M} matritsaning umumiy ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi:
a
11
a
12
a
13
… a
1m
a
21
a
22
a
23
… a
2m
…………………….
a
n1
a
n2
a
n3
… a
nm
Keltirilgan matritsadan ko‗rinib turibdiki, uning har bir elementi i va j indeksga
egadir. Bu erda i elementning matritsani qaysi qatorida joylashganini bildiradi,
j esa
ushbu elementning qaysi ustundagiligini ko‗rsatadi. SHKning xotirasida esa matritsa
elementlari qatorma-qator joylashadi, ya`ni birinchi
qator elementlaridan keyin
ikkinchi qatorniki ketadi va h.k. Matritsaning elementlariga murojaat qilib,
ularni
barchasini ko‗rib chiqish uchun ikkita indeksni ko‗rsatish kerak, ya`ni oldin qator
raqamini, keyin esa ustun raqamini va uni chegarab qo‗yilgan m-gacha o‗zgartirib
boriladi, undan keyin esa qatorning raqamini bittaga ko‗paytiriladi. O‗z o‗rnida j
ustunlar raqamining o‗zgarish qonuniyatini 1-dan
m-gacha qaytarish kerak, ya`ni i
chegarab qo‗yilgan n-gacha etganicha. Indekslarning o‗zgarib borish tartibini
quyidagi misol ko‗rinishida aks ettirish mumkin.