• 3-BOB. BUXGALTERIYA HISOBIDA PUL MABLAG’LARI VA HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH 3.1. Xo’jalik
  • 3.7. To’lov talabnomasi. Bank ko’chirmasi. 3.8. Bank korporativ plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar hisobi.
  • O’z-o’zini tekshirish uchun savollar




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/77
    Sana05.02.2024
    Hajmi4,18 Mb.
    #151433
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
    Bog'liq
    buxgalteriya hisobining axborot tizimlari

     
    O’z-o’zini tekshirish uchun savollar 
    1. Tashkilotlarda kassa va kassa operatsiyalari qaysi me’yoriy hujjat bilan tartibga 
    solinadi? 
    2. Naqd pulsiz operatsiyalar deganda nima tushunasiz? 
    3. Kassa kirim va chiqim hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi fanday? 
    4. Hisobdor shaxslarga avans to’lovlari va ularning hisoboti buxgalteriyadan 
    qanday rasmiylashtiriladi? 
    5. Bank plastik kartochkasi bilan xo’jalik operatsiyalarni o’tkazish tartibi aytib 
    bering? 
    6. Bank ko’chirmasi deganda nimani tushunasiz? 
    7. To’lov topshiriqnomasi va to’lov talabnomasining bir-biridan farqi nimadan 
    iborat? 
     
    4
    Accounting Information Systems, Seventh Edition James A. Hall, 2011,South Western Cengage Learning, USA 
    57-64 


    3-BOB. BUXGALTERIYA HISOBIDA PUL MABLAG’LARI VA 
    HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBINI 
    AVTOMATLASHTIRISH 
    3.1.Xo’jalik 
    yurituvchi 
    subyektlarda 
    avtomatlashtirilgan 
    axborot 
    texnologiyalarining qo’llanilishi. Buxgalteriya o’tkazmalari jarayoni. 
    3.2. Pul mablag’larining analitik hisobi. 
    3.3. Kassa kirim va chiqim orderi, kassa kitobi. 
    3.4. Pul hujjatlari. 
    3.5. Avans hisoboti. 
    3.6. Kiruvchi va chiquvchi to’lov topshiriqnomasi. 
    3.7. To’lov talabnomasi. Bank ko’chirmasi. 
    3.8. Bank korporativ plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar hisobi. 
     
    3.1.Xo’jalik yurituvchi subyektlarda avtomatlashtirilgan axborot 
    texnologiyalarining qo’llanilishi. Buxgalteriya o’tkazmalari jarayoni 
    Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish 
    buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko’rsatadi. 
    Har qanday iqtisodiy ob’ekt boshqarish faoliyatini asosini murakkab qurilishga 
    ega bo’lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, 
    faoliyat turi korxona, iqtisodiy ob’ekt, firmaning ko’lamiga bog’liq[29]. 
    Boshqaruv jarayonida buxgalteriya hisobi katta rol o’ynaydi, bu erda barcha 
    axborotlarning 60% ga yaqini jamlangan. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari 
    an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi: asosiy 
    vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi hisobi, tayyor 
    mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish 
    harajatlari hisobi, yig’ma hisob va hisobotlarni tuzish. 
    ShK lar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil qilingan, 
    korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish 
    va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. 
    Ma’lumotlarni taqsimlash bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o’rtasida 
    axborotlarni 
    almashtirish, 
    kompyuterda boshlang’ich hujjatlarni avtomatik 
    shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo’ldi va boshqaruv masalalarining 
    vazifalararo majmualari vujudga keldi. 
    Vazifalararo majmuasini tashkil qilish «materiallar» dasturi ham ko’rib 
    chiqilishi mumkin. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harajatni hisobga olish 
    jarayonida uchta bo’lim: 
    - omborlar; 
    - hisobxona; 
    - moddiy-texnika ta’minoti bo’limi mutahassislari faoliyat yuritadi. 
    Dasturiy majmua o’z ichiga uch qism: 
    - omborchi moduli; 
    - hisobxona moduli; 
    - moddiy texnika ta’minoti bo’limi modulini oladi. 
    Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. 


    41 
    Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va 
    uchastkalarining axborotli o’zaro hamkorliklarini; Tashqi aloqalar – boshqaruvning 
    o’zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo’limlari hamda tashqi iqtisodiy 
    ob’ektlar bilan o’zaro hamkorligini aks ettiradi. 
    Hisob vazifalari majmuasining axborotli aloqasi mashina dasturining asosida 
    kiritilgan ishlab chiqishning uch pallasini farqlashga imkon beradi. 
    Birinchi pallada – birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab 
    chiqish va hisobning har bir uchastkasi bo’yicha tahliliy hisobning qaydnomalari 
    tuzilishi bajariladi. 
    Ishlab chiqishning ikkinchi pallasi provodkalarini tuzish, ularni tahliliy va 
    sintetik hisobning turli registrlari, schetlarning tartib raqamlari bo’yicha qayd daftari 
    ordenlariga joylashtirishdan iborat bo’ladi. 
    Ishlab chiqarishning uchinchi pallasi yig’ma sintetik hisobini: asosiy kitobning 
    schyotlari bo’yicha hisobot, saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini 
    tuzishdan iborat bo’ladi. 
    Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviyga bo’linadi. 
    Sohalararo hujjatlar barcha korxona iqtisodiy ob’ektlarda qo’llash uchun yagona 
    bo’ladi. Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy harakterga ega. 
    Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari GOST, hujjatlarning bir shaklga 
    keltirilgan tizimlari talablarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. 
    Buxgalteriya hisobining hujjatlari turli belgilari bo’yicha tasniflanadi: 
    - belgilanishi bo’yicha – farmoyish beradigan, ijroiya (oqlaydigan), hisobli 
    rasmiylashtiruvchi, murakkab; 
    - xo’jalik operatsiyalari mazmuni bo’yicha moddiy, pulli hisoblash; 
    - aks ettirgan operatsiyalarning hajmi bo’yicha yagona (birlamchi) yoki yig’ma; 
    - foydalanish usuli bo’yicha: bir martali va jamlovchi
    - hisobga oladigan o’rinlarining soni bo’yicha: bir qatorli va ko’p qatorli; 
    - tuzilish joyi bo’yicha: ichki va tashqi; 
    - to’ldirish usuli bo’yicha: qo’ldi, hisobni avtomatlashtirish vositalari 
    yordamida. 
    Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minlanishiga to’liq asosda bir qator 
    axborotli ma’lumotli dasturlar: «Maslahatchi hisobchi», «Maslahatchi-plyus», 
    «Kafolat», «O’zbekiston soliqlari», «Yuridik ma’lumotnoma»ni kiritish mumkin. 
    Axborotlarni to’ldirish huquqiy axborotlarni tarqatishning umumdavlat tarmog’i 
    bo’yicha bajariladi. 
    Buxgalteriya vazifalarini echishni AAT lar asosida tashkil qilish: birlamchi 
    buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish 
    bilan yakunlanuvchi operatsiyalarning yig’indisidir. 
    Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida 
    markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rol o’ynaydi: 
    - foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda 
    vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; 
    - korxonaning turli xildagi bo’linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan 
    holda ishlab chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko’p bosqichli hisoblash 
    tarmoqlarini shakllantirish; 
    - hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblar tarkibini ancha 


    ko’paytirish; 
    - har xil hisoblash bo’linmalari uchun korxonaning yagona taqsimlangan 
    ma’lumotlar bazasini yaratish; 
    - birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu 
    qog’ozsiz texnologiyalarga o’tishni ta’minlaydi va hujjatlarni yig’ish va ro’yxatga 
    olish bo’yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi; 
    - buxgalteriya vazifalari majmualarini echishni integratsiyalash; 
    - dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil 
    qilish imkoniyati. 
    Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari ShK da bitta ish joyida va uning 
    tuzilishiga ko’ra izchillik bilan bajariladi. 
    ShK da bajariladigan texnologik jarayonida quyidagi uchta jarayoni: 
    - tayyorlov; 
    - boshlang’ich; 
    - asosiyni ajratish mumkin. 

    Download 4,18 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

    Download 4,18 Mb.
    Pdf ko'rish